Uelslik futbolchi 4 yilga diskvalifikaciya qilindi - bu rekord
21 mar 2019 10:45
Yangiliklar


Uelslik futbolchi 4 yilga diskvalifikaciya qilindi - bu rekord
"Piterboro" himoyachii Josh Yorvert doping-test topshirishni istamagani uchun 4 yilga futboldan chetlashtirildi.
Bu ingliz futboli tarixidagi eng uzoq diskvalifikaciya hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Yorvert 2018 yilning sentyabr oyida doping oficerlarga eshikni ochmagan edi. Malum bo'lishicha, u bir necha kun oldin narkotik qabul qilgan ekan. "Piterboro" futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.
"Yorvert 4 yilga futbolga bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatildi. Jazo 2018 yilning 3 oktyabrida kuchga kirgan va 2022 yilning 2 oktyabrigacha amal qiladi" - deyiladi Angliya futbol associaciyasi bayonotida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar