Pogbaning doping-testi yana musbat natijani ko'rsatdi. Uni 4 yilgacha bo'lgan diskvalifikaciya kutmoqda
06 okt 2023 17:26
Yangiliklar


Pogbaning doping-testi yana musbat natijani ko'rsatdi. Uni 4 yilgacha bo'lgan diskvalifikaciya kutmoqda
"Yuventus" ham u bilan shartnomani bekor qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
Franciya terma jamoasi bilan JCH-2018 g'olibi bo'lgan futbolchi Pol Pogba 20 avgust kuni "Yuventus"ning "Udineze"ga qarshi o'yinidan so'ng yuqori testosteron miqdori uchun doping-testdan o'tdi va u musbat natijani ko'rsatgan. Bu haqda 11 sentyabr kuni Italiyaning ANSA axborot agentligi xabar bergandi.
Bugun futbolchi qayta doping-test topshirgani va u yana musbat chiqqani aytilmoqda.
Avvalroq "Yuventus" uning o'rniga kimni olib kelmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar