UEFA Rossiya Evro-2024 saralash bosqichida ishtirok etmasligini elon qildi
20 sen 2022 22:25
Yangiliklar


UEFA Rossiya Evro-2024 saralash bosqichida ishtirok etmasligini elon qildi
UEFA bugun 2024 yili Germaniyada o'tkaziladigan Evropa chempionatiga saralash jarayoni qanday tartibda o'tkazilishini elon qildi. Unga ko'ra, musobaqa mezboni Germaniya terma jamoasi Evro-2024 guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi. Maxsus komissiya Rossiya terma jamoasini shu yilning fevral oyida barcha musobaqalardan chetlashtirgandi. SHu tufayli ham Rossiya terma jamoasi Evro-2024 saralash bosqichida ishtirok etmaydi.
Saralash bosqida 53 ta terma jamoa 10 ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. 7 ta guruhda beshta terma jamoa, uchta guruhda esa oltita terma jamoa ishtirok etadi. Barcha guruhlardagi birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan terma jamoalar Evro-2024 guruh boschiqiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma olishadi. Qolgan jamoalar esa pley-off bosqichida ishtirok etishadi.
Saralash bosqichi guruhlarini shakllantirishda 2022-2023 yilgi Millatlar ligasidagi natijalariga qarab, terma jamoalar ettita savatchaga bo'linadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar