UEFA joriy mavsumdagi ECHL finaliga muxlislarni kiritmoqchi
27 mar 2021 22:00
Yangiliklar
UEFA joriy mavsumdagi ECHL finaliga muxlislarni kiritmoqchi
Musobaqaning hal qiluvchi o'yini 29 may kuni Istanbulda bo'lib o'tadi.
UEFA “Otaturk” stadioniga cheklangan miqdorda, aniqrog'i, 9 mingga yaqin muxlisni kiritishni rejalashtirmoqda. Finalga etib kelgan ikki jamoaning ishqibozlariga chiptalar teng miqdorda ajratiladi.
Manbaga ko'ra, o'yingohga tomoshabinlarni, xususan, xorijlik muxlislarni qabul qilish bo'yicha yakuniy qarorni Turkiya hukumati qabul qiladi, ammo UEFA ushbu masalada ijobiy echim topishga umid qilmoqda.
“Otaturk” stadioni o'z bag'riga 75 mingdan ziyod tomoshabinni sig'diradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar