UEFA Bavariyaga 25 ming evro jarima soldi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2018, 09:10
UEFA Bavariya, Beshiktosh va Roma klublariga yakunlangan YCHL o'yinlaridan kelib chiqqan holda jarima soldi.

Bavariya Realga qarshi yarim final bahsida (1:2) muxlislaring tartibsizligi tufayli 25 ming evro jarima to'laydi. Myunxenliklar muxlislari maydonga tushib taqiqlangan banner ko'tarishgan.

Beshiktosh muxlislari 1/8 final doirasidagi Bavariyaga qarshi o'yinda (1:3) o'tish yo'llarini to'sib qo'yishgani va maydonga turli buyumlar otishgani uchun Turkiya klubi 34 ming evro to'laydi.

Roma muxlislari 1/8 final doirasidagi Shaxtyorga qarshi bahsda (1:0) pirotexnika vositalarini ishlatishgani va maydonga otishgani uchun Rim klubi 7 ming evroni UEFA hisobiga o'tkazib berishga majbur.

Bundan tashqari rimlik muxlislar yarim finalda Liverpulga qarshi bahsda (2:5) tartibsizlik qilishgani uchun Roma yana 50 ming evro to'laydi. Klubga evrokuboklar doirasidagi navbatdagi ikkita safar o'yiniga chipta sotish taqiqlandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com