So’nggi yangiliklar

01:50УХХХХХХ! "Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  1 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  16 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  70 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67

Uchrashuv oldidan. "Ishtiyoq va intilish kuchli bo'lgan jamoaga omad kulib boqadi" Yangiliklar

Uchrashuv oldidan. "Ishtiyoq va intilish kuchli bo'lgan jamoaga omad kulib boqadi"

Bugun Coca Cola Superligada 8-turning navbatdagi o'yini bo'lib o'tadi.

Olmaliqda mezbon AGMK Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini qabul qiladi. Qaysidir manoda turning qiziqarli va murosasiz kechishi kutilayotgan o'yini desak mubolag'a bo'lmaydi. Biz esa mazkur bahs oldidan o'z vaqtida ikki jamoa tarkibida to'p tepgan darvozabon, ayni paytda "Neftchi" darvozasini qo'riqlayotgan Akbar To'raevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Fikrimcha, stadionga tashrif buyuradigan muxlislar jangovar o'yin guvohiga aylanishadi. Ikki jamoada ham yaxshi saviyadagi futbolchilarning yig'ilganligi o'yinni qiziqarli o'tishini taminlaydi, deb o'ylayman. Garchi "Bunyodkor" safida o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilari ko'p bo'lsada, bu ularning kuchsizligini anglatmaydi. Akademiyadan birga katta bo'lgan futbolchilar o'rtasida bir-birini tushunish yaxshi bo'ladi. AGMKda esa "Bunyodkor"ga nisbatan olib qaraganda tajribaliroq ijrochilar yig'ilganini ko'rishimiz mumkin. 

Kuchlar teng, deya olaman. Aniq bir jamoani imkoniyatini yuqori baholamayman. Bugun kimda ishtiyoq va intilish kuchli bo'lsa, o'sha jamoaga omad kulib boqadi. O'ylaymanki, chiroyli va saviyali futbol ko'ramiz",- deydi Akbar To'raev.

Eslatib o'tamiz AGMK - "Bunyodkor" o'rtasidagi uchrashuv bugun soat 18:50da boshlanadi. 

Coca-Cola Superliga. 8-tur

14 may, juma

AGMK – BUNYODKOR
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynulin, Ilya Ilin
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
VAR assistenti: Jahongir Saidov
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Operator: SHerali Jonaliev
Texnik mutaxassis: Muhitdin Qambarov
Komissar: SHohruh Said.


"Bunyodkor" AGMKni 3ta o'yindan beri yuta olmayapti yoxud Maqsudov Qosimovga qarshi 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика