So’nggi yangiliklar

22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  2 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  2 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" – "Бухоро" (матнли трансляция)  12 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  6 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  20 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  27 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  10 20:34"Истиқлол" — "Санат Нафт". Таркиблар маълум  0 19:41"Сабаҳ" — "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 19:01"Ньюкасл" кейинги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  4 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  6

Uchqun Qobilov: "Dinamo"ning eng yaxshi o'yinlaridan biri bo'ldi" Yangiliklar

Uchqun Qobilov: "Dinamo"ning eng yaxshi o'yinlaridan biri bo'ldi"

Dinamo - Mashal-2 (5:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar katta murabbiyi Uchqun Qobilov o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Uchqun aka, bugungi o'yin tablodagi natijaga mos bo'ldi, deya olasizmi?

- SHubhasiz, jamoamiz bugungi raqibdan har tomonlama kuchli edi va natija ham o'yinga mos bo'ldi. O'yindan oldin biz raqibni hurmat qilgan holda bahsga puxta tayyorgarlik ko'rgan edik. Yigitlarda ham xohish va ishtiyoq juda kuchli ekanligi bugungi bahsda namoyon bo'ldi. Oldingi bahslarda jamoa o'yinidan to'la qoniqish hosil qilmaganligimni aytgandim. Bugun esa yigitlar ko'rsatmlarni to'liq bajarishdi. Bosh murabbiyimiz Ilhom SHaripov ozroq betobligi sabab, ayni damda Toshkentda davolanayotgan bo'lsalarda, o'yindan oldin ko'rsatmalarni berib, yo'l-yo'riq ko'rsatmoqdalar. Ilhom aka tez orada safimizga qaytadilar.

- Bugungi bahs Dinamoning mavsumdagi eng chiroyli o'yini bo'ldi, degan fikrga qo'shilasizmi?

- Eng yaxshi o'yinlarimizdan biri bo'ldi. Lekin umid qilamanki eng yaxshisi hali oldinda.

- Bugun xet-trikka erishib, chempionat to'purariga aylangan Amirjon Safarov bilan alohida ish olib borilayaptimi?


- Yosh hujumchimiz mavsumni yomon o'tkazmayapti. Faqat o'sishdan to'xtab qolmasligi kerak. Har bir yosh futbolchi bilan bo'lgani kabi, u bilan ham mashg'ulotlarda va undan keyin alohida ish olib borilyapti. O'tgan o'yinlarda Amirjon maydonda xato va kamchiliklarga yo'l qo'ygan edi. Bugun esa o'sha xato va kamchiliklaridan to'g'ri xulosa chiqarib, o'yinda o'zini ko'rsata oldi. U to'purarga aylangan bo'lsada, o'sishdan to'xtamasligi shart. O'shanda u muvaffaqiyatga erisha olishi mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика