Uch kundan so'ng "Paxtakor" yangi futbolchi transferini elon qiladi
19 fev 2019 23:35
Yangiliklar
Uch kundan so'ng "Paxtakor" yangi futbolchi transferini elon qiladi
OCHL-2019 pley-off bosqichi doirasidagi "Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvida "sherlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Ushbu uchrashuvdan keyin saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov SHota Arveladzega OCHL guruh bosqichiga chiqdinglar, eng yana bir yangi legioner olinadimi degan mazmundagi savol berdi. Bunga gruziyalik murabbiy quyidagicha javob berdi:
"Yo'q legioner olmaymiz. Biroq uch kundan so'ng "Paxtakor" yangi futbolchi transferini elon qiladi".
Demak, 22 fevral kuni "Paxtakor" yana bir yangi futbolchining trasferini elon qiladi. Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" OCHL 1-turini 5 mart kuni Tehronda o'tgan yilgi OCHL finalchisi "Persepolis" klubiga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar