So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

"U yurganda men yugurishdan baxtliman". Messi va Mbappe shunchaki bir-birlarini yaxshi ko'rishadi Yangiliklar

"U yurganda men yugurishdan baxtliman". Messi va Mbappe shunchaki bir-birlarini yaxshi ko'rishadi

Bu ajoyib final bo'ladi.

Jahon chempionati finalida bizni ajoyib superyulduzlar qarama-qarshiligi kutib turibdi: 23 yoshli Kilian Mbappe 35 yoshli Lionel Messi bilan kurashadi. Haqiqiy avlodlar jangi.



Final aqlbovarqilmas darajada muhim, ammo Leo va Kilian o'rtasida umuman dushmanlik yo'q. Gap ularning faqat bitta klubda o'ynashida emas.

Messi va Mbappe doim bir-birini hurmat qilgan.


Leo Kilian aniq dunyoning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishini biladi


Messining PSJga o'tishidan so'ng ular birdan til topishib ketishdi. "To'g'risini aytsam, yaqinda keldim va jamoa haqida etarlicha bilmayman, ammo barcha kabi Mbappe masalasida ham yakuniy qarorni kutishga qaror qildim, – dedi argentinalik L'Equipe'ga. – Agar uning kelajagi biz bilan bog'langan bo'lsa, bu katta xursandchilik bo'ladi. U bizga marralarga etishishda yordam beradi. Ilk haftadan menga uning aqlbovarqilmasligi ayon bo'ldi. Kilian yana ispan tilida ham ajoyib gaplashadi. Biz birdan bir-birimizni tushundik. Biz do'st emasmiz, ammo Kilian – ajoyib inson".

Leo ikki oydan so'ng Neymar va Mbappe bilan trioni tahlil qildi: "Birgalikda qancha ko'p o'ynasak, shuncha bir-birimizni tushunishimiz yaxshilanadi. Biz barchamiz birga o'sishimiz va o'yin darajasini ko'tarishimiz kerak. Neymar bilan yaxshi gaplashaman, ammo Kilianni qayd etmay qo'ya olmayman. U aqlbovarqilmas darajada tez va aqlli o'yinchi. Rivojlanishda davom etishimiz va ko'plab jihatlar ustida ishlashimiz kerak. Uchchalamiz yanada yaxshi bo'lishimiz mumkinligiga ishonchim komil".

Messidan yozda kimni dunyoda eng imkoniyatlari katta o'yinchi deb hisoblashini so'rashdi. Leo darhol javob berdi: "Biz bitta jamoada o'ynaymiz, ammo bu ahamiyatga ega emas. Kilian – boshqa o'yinchi. U "yirtqich". U birga-bir o'yinda kuchli va tezlik olganda, kosmosga chiqadi. Mbappe juda tez va ko'plab gollar uradi. U yillar davomida yuqori daraja ko'rsatmoqda.


Albatta, u yaqin yillarda eng yaxshi o'yinchiga aylanadi".



"Unda bola qalbi bor". Kilian Leoga qoyil qoladi


"Messi kelishidan oldin juda ham hayajonlandim, – deb esladi Mbappe Marca'ga bergan intervyusida. – Jamoada faqat u haqida gaplashgandik. Doim shunday o'yinchilar bilan o'ynashni orzu qilishim haqida gapirganman va bu amalga oshdi. Endigi maqsadimiz – birlashish va to'laqonli jamoa bo'lish. Biz sovrinlar yutishni xohlaymiz.

Jamoada bunchalik ko'p buyuk o'yinchilar bo'lganda, murosa izlaymiz. Messi va Neymar bilan yagona yulduz bo'lishning iloji yo'q. Siz barchasini birgalikda qilasiz. Ammo, jamoangizda Leo bo'lsa, u tetiklikni saqlab qolishi va vaziyatlardan maksimum foydalanishi uchun unga biroz kamroq harakat qilishga imkon berish kerak. Bu muammo emas, ierarxiya mavjud. Messi yurganda, men yugurishdan baxtliman. Axir tushuning – bu Messiku! U yonimda ekanligida har bir vaziyatdan zavqlanaman. Bu haqiqiy imtiyoz".



Mbappe tez-tez Messining uslubini tahlil qiladi. Kilian yozda L'Equipe'ga bergan intervyusida bu unga maydon hududida yaxshiroq atrofni his qilgan holda harakat qilishiga yordam berishini takidladi:

"Men murabbiy emasman, ammo Leo – to'pga teginishi, o'yin va bahsni his qilishi kerak bo'lgan o'yinchi. O'ng qanot u uchun yaxshi poziciyaga o'xshaydi. U shuningdek boshqa joyda ham o'ynashga tayyor. Ammo, u o'ng qanotda erkin, Leo u joyda harakat qilishi, to'pni qabul qilishi va darvozaga yaqinlashishi mumkin. Ayni damda men va Leo o'zimizni yaxshi his qilyapmiz. Biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz".



Mbappe nafaqat Leoning o'yinidan, balki uning muvaffaqiyatga bo'lgan ishtiyoqidan ham hayratda:

"Tasavvur qiling, u bir necha soatdan so'ng ettinchi "Oltin to'p"ni olishga chog'landi va balki nima deyishi va sovrinni qanday ko'tarishini o'ylashi mumkin. Menimcha, u erda olti marta bo'lgandan so'ng asabiylashish mumkin emas. Hech qachon Messining havotir olishiga ishonmayman. Men og'zimda sigaret bilan borgan bo'lardim! Ammo, bu unda bola qalbi borligini ko'rsatadi. Uni haligacha eng yaxshi deb tanlashsa, hayajonlanadi. Ammo, u eng zo'ri bo'lishdan charchamaydi".


Yakshanba kuni ulardan qaysi biri sovrinni qo'lga kiritadi?


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика