So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  14

U Xavi va Pirlodanda kuchliroq-mi?! Yangiliklar

U Xavi va Pirlodanda kuchliroq-mi?!

Zamonimizning eng iqtidorli va mehnatkash futbolchilaridan biri haqida gaplashamiz.

Kuni-kecha Luka Modrich 36 yoshni qarshiladi, shu hafta oxirida esa u "Madrid" safida "Santyago Bernabeu" maydoniga tushib kelishi kutilmoqda. Jarohat sabab Luka "Betis"ga qarshi o'yin va milliy terma jamoa uchrashuvlarini o'tkazib yubordi. Ammo endi u o'yinga qaytishga tayyor – Luka modrichning futboldagi "yaroqlilik muddati" yakunlanishiga hali vaqt bor. Aksincha, 36 yoshda xorvatiyalik yarim himoyachi Ispaniya poytaxtiga endi ko'chib o'tgani 26 yoshdagidanda kuchliroqdek.



Lukita "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgach bo'ladigan (bo'lgan) bosimni avvaldan seza olgandek, anchadan buyon shaxsiy murabbiy bilan jismoniy holati ustida ishlaydi va bu Valdebebasdagi mashg'ulotlarga halal bermagan holda amalga oshiriladi albatta. Modrich ajoyib sport formasida va ko'p kuch oladigan, og'ir uchrashuvlarga ham tayyor.

SHartnoma muddatini yana bir yilga uzaytirish, pandemiya davridagi vaziyatni real baholab, oylik maoshi kamayishiga ortiqcha "teatrlarsiz" rozi bo'lishi va klub taklifiga javobni paysalga solib yubormaslik – hattoki bu borada ham Luka Modrichni ko'pchilikka o'rnak sifatida ko'rsatsak, bo'laveradigandek.

"Faoliyatimni "Madrid"da yakunlashni istayman", – degandi oxirgi oylarda bir necha bor Luka.

"Marca" nashriga 2014 yil iyul oyida bergan i ntervyusida futbolchi nima xohlashini aniq bilgan. O'shandayoq Modrich o'zining tanasi, jismoniy holati "Qirollik klubi" talablariga javob berar ekan astoydil mehnat qilishi, undan keyin esa aynan Madridda faoliyatini yakunlashini takidlagan. Zinedin Zidan davridan buyon klubning ne-ne afsonalari bu ishni uddalay olishmadi.

"Siz faoliyatingizni "Madrid"da yakunlashni orzu qilasizmi?

"Avval ham aytganimdek, "Real Madrid" safida to'p tepish – orzum edi. Men hech qachon bu erdan ketishim haqida o'ylamaganman. Men ham, oilam ham bu erda baxtli, biz shahar va klubdan zavq olib yashayapmiz… Faoliyatimni aynan shu erda yakunlasam ajoyib bo'lardi".

"Mening istagim shunday, ammo vaziyatga tasir qiluvchi ko'plab omillar mavjud: klub bu borada nima deb o'ylaydi, men "Madrid" talab qiladigan darajada o'ynashda davom eta olamanmi… Albatta, "Madrid"da faoliyatimni yakunlash yaxshi, lekin oldinda hali vaqtim bor. Ko'ramiz, nimalar bo'larkin, biroq men shuni aniq ayta olamanki, o'zim va oilam bu erda juda baxtli".

Luka Modrich 36 yoshda ham yuqori darajadagi o'yin namoyish qila olyapti, u hamon elitadagi o'rnini yo'qotib qo'ymadi, bu esa na Pirloga va na Xaviga nasib qilmagandi.

Italiyalik "maestro" 35 yoshida oxirgi marta Skudettoni qo'lga kiritdi va Evropa vice-chempioni degan nomga sazovor bo'ldi, Berlindagi final arafasida u 36 yoshni qarshiladi va futbol elitasi bilan xayrlashib, Nyu-York tomon yo'l olgandi.

Xavi "Barselona"ni 2015 yil 35 yoshida tark etgan, uning oxirgi mavsumida klub trebl qayd etdi, biroq yarim himoya chizig'ida Buskets, Rakitich va Inesta kabi futbolchilar bor hamda Xavi asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'yayotgandi. Buni o'zi ham tushungan yarim himoyachi Qatarga yo'l oldi. Xavi ham, Pirlo ham faoliyatlarini Evropa top-klubida yakunlay olishmadi. Bunga nimalar sabab bo'lgani boshqa masala. 

Balki, ushbu mavsum Luka Modrich uchun "Madrid"dagi so'nggisi bo'lar. Uning shartnomasi 2022 yil iyun oyiga qadar mo'ljallangan va hozircha tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirishadimi yoki yo'q, aniq malumot yo'q. Oldinda Qatarda bo'lishi kutilayotgan Mundial turibdi: Modrich faoliyatini "Madrid"da yakunlamoqchi, ammo jahon chempionati 15 oydan keyin shu sababli Luka butsalarini iyunda mixga ilishi maqsadga muvofiq emas. Modrich Qatarga 37 yoshda yo'l olishi talab qilinadi… yo "Real Madrid" futbolchisi sifatida yoki nisbatan pastroq turuvchi chempionat, masalan, MLS klubi o'yinchisi sifatida.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика