So’nggi yangiliklar

18:05Ди Мария фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  1 17:38Кроос Медиалигани ишга туширди, иштирокчилар орасида ўнлаб футбол юлдузлари бор  0 17:11"Ал Насср" ҳимоячиси Европага қайтиш учун маоши сезиларли даражада камайишига ҳам рози  1 16:46"Менинг уйим – фақатгина "Манчестер Юнайтед"  7 16:17"Моуринью миянгизга қандай кириб боришни билади"  1 15:49Винисиус: "Биз Мбаппени эҳтиёт қилишимиз ва ёрдам беришимиз керак"  3 15:16"Пахтакор" стадиони ёпилди, клуб қачон уни таъмирдан чиқаради?  15 14:49Азиз Асимов йўқ пенальтини қўйган. 14-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  10 14:20Наҳотки?! "Қизилқум" бугун "Андижон"га қарши иккинчи таркиб билан тушадими?  13 13:44Ўзбекистонда ўтадиган футзал бўйича Жаҳон чемпионати-2024 тимсоли эълон қилинди  10 13:22Эркин фикр: Олимпиада футболдан воз кечиши керак  11 13:00Бугун Олимпиадада иштирок этадиган спортчиларимизнинг иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:53Флик: "Биз тўғри йўлдамиз, ҳали яна қўшишимиз мумкин"  5 12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  4 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  16

"U meni ursa aniq jasadga aylanaman". Ser Aleks Fergyusonning eng yaxshi iqtiboslari Yangiliklar

"U meni ursa aniq jasadga aylanaman". Ser Aleks Fergyusonning eng yaxshi iqtiboslari

Teglar :  Ser Aleks Fergyuson
"Barcha murabbiylarning otasi". Buyuk mutaxassisni shunday atashadi.

Ha, u o'z faoliyati bilan barchaga namuna bo'ldi. O'rtamiyona jamoani top-darajaga olib chiqdi va muxlislarni sovrinlarga o'rgatib qo'ydi. Biroq u tashlab ketgan "zarqog'ozga o'ralgan shirinlik" juda yomon ahvolda...

Murabbiy matbuot anjumanlarida ham o'zining ajoyib iqtiboslari bilan ajralib turardi. Biz ushbu gaplarni sizlarga eslatib o'tishni joiz bildik.

1. "Futbol, lanat!" (1999 yili ECHL finalida "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin)

2. "Ushbu o'yin yakunidan keyin Evropa chempionlar kubogi sizdan 6 fut tepada turadi. Agarda mag'lub bo'lsak, unga qo'limizning uchini ham tekkiza olmaymiz. Buni qo'lga kiritish uchun ko'pchiligingizda so'nggi imkoniyatdir bu. Maydonda boringizni bermasdan, bu erga qaytishni o'ylamang" (1999 yilgi ECHL finalida "Bavariya"ga qarshi o'yin tanaffusidagi gap)

3. "Jamoadagi ish har doim buyuk futbolchining atrofida barpo etilishi kerak. Biroq o'sha buyuk futbolchi ishlashdan to'xtamasligi lozim"

4. "Hakamni maqtay olmaysan"

5. "Uni ilk marta ko'rganimni eslayman. O'shanda u 13 yoshda edi va erda o'tirardi. Huddi shamolda uchayotgan qog'oz kabi" (Giggz haqida)

6. "Kulgili bo'ladi - kulgili vaqt, men buni shunday atayman" ("Fergi-taym" haqida)

7. "Agarda uning bo'yi bir dyuymga kattaroq bo'lganida Britaniyaning eng zo'r markaziy himoyachilaridan biri bo'lardi. Uning otasi 6 fut 2 dyuym bo'lsa, men bolakayni tekshirib ko'rardim" (Gari Nevill haqida)

8. "Men sizlar bilan bu haqida gaplashmayman. U buyuk futbolchi. Sizlarning barchangiz aqlingizni egansiz" (Veron haqida)

9. "Ular ushbu insonni juda aqlli deb hisoblashmoqda, shundaymi? 5 tilda gaplashish! Mening qo'l ostimda Kot-d’Ivuardan bir bola bor, u ham 5 tilda gaplasha oladi" (Venger haqida)

10. "U hali yangi - yapon futbolining eng zo'ri" (kimligini topib ko'ring)

11. "Bu yigitcha offsaydda tug'ilishi kerak edi" (Filippe Inzagi haqida)

12. "Mening eng asosiy chaqiruvim - bu hozir bo'layotgan voqealar emas. Asosiy vazifam - "Liverpul"ning tepasidagi mashalasini yo'qotish. Buni bemalol yozaveringlar"

13. "Bu juda ham g'alati hodisa edi. Agarda buni 100 yoki million marta takrorlaganimda ham o'xshamasdi" (Bekxemga butsa otgani haqida)

14. "Sovrin ularniki, zo'r jamoa g'alaba qozondi. Biz esa hech nima qila olmadik" (2009 yili ECHL finalida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin)

15. "Emmanuel Adebayor va uning agenti avvaliga "Siti" keyin "CHelsi"ga rozilik berganidan keyin qo'ng'iroq qildi. U "CHelsi" va bizdan birini tanlay olmay umidsizlikka tushib turgandi"

16. "Bo'ldi endi barcha "Manchester Yunayted" haqida gapirishi mumkin" ("Manchester Siti" haqida)

17. "Italiyaliklar tekshirib ko'rish uchun bu ovqatni sousning tagiga solish kerakligini aytishadi. Ular bug'li ovqatning ustalari. Ular faqatgina shuni uddalashadi" (italiyaliklar haqida)

18. "Mag'lubiyatlar va g'alabalar elkama-elka yurishini Joze yaxshi biladi. G'alaba qozonsang ko'p ham extirosga berilmasliging kerak. Keyinchalik mag'lub bo'lsang senga qarata banan otishadi" (Joze Mourino)

19. "Hayotim davomida biror marta durangga o'ynamaganman"

20. "Hayot ekanman, bu bilan shug'ullanishda davom etaman. Buni tashlashga tayyor bo'lganimda esa qachon bo'lishini aytmayman" (futboldan ketishi haqida)

21. "Menimcha, siz hazillashyapsiz. Men bu jamoani o'tkazib yuboradigan masxarabozga o'xshaymanmi? "APLdan tushib ketdi!", yaxshi eshitilmoqda" (2007 yilda "Liverpul" chempion bo'lishi borasidagi savolga javob)

22. "Bazida televizorga qaraysiz va sigirni ko'rasiz. Va o'shanda siz bu sigir eng zo'ri deb ataysiz" (Ueyn Runi haqida)

23. "Driblingda ham spriterlik tezligida ham Rayan istalgan himoyachining oyog'ini titratib o'tib keta oladi"

24. "Bu futbol olamida men ko'rgan fidokorlikning eng tasirchan namunasidir. To'p uchun pichoqning ustiga sakrashga tayyor. Tez orada u o'ziga mag'lub bo'lgani uchun o'lib qolsa ajabmas. Bunday futbolchining oldida tazimdaman" (Roy Kinning ECHL yarim finalida "Yuventus"ga qarshi o'yindagi ishtiroki haqida)

25. "Transferlarga juda ko'p mablag' ajratgan "Manchester Siti"dan umidlar katta edi. Biroq ular hech nima yutishmadi. Bazida shunday janjalkash qo'shnilar bilan yashashga to'g'ri keladi. Biroq ular bilan hech nima qila olmaysiz"

26. "U mening tabriklarimni va bir emas ikkita o'pichimni qabul qilib olishi mumkin" (2006/07 yilda "CHelsi"ni to'xtatib qolgan "Bolton" bosh murabbiyi Sem Ellardays haqida)

27. "U men va boshqa futbolchilarga qarab ko'zlarini yumdi. Unga qaradim va o'yladim: hozir u meni ursa aniq jasadga aylanaman" (kiyim almashtirish xonasida Peter SHmeyxel bilan bo'lgan munozara haqida)

28. "Ueyn haqiqatdan ham xudojo'y. Uning nafaqat qobiliyati bor, ichki ruhiyati har doim yonadi" (2004 yilda Runi bilan shartnoma imzolanganidan keyin)

29. "Agarda "Yunayted" uchun tug'ilgan bir inson haqida gapirish kerak bo'lsa, Kantonani aytaman. U yo'talib, ko'kragini kerib, boshini ko'tarib, huddi savol berayotgandek raqibga qarardi: "O'sha Kantona men. Sen qanchalik darajada buyuksan? Men uchun bu etarlimi?"

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика