So’nggi yangiliklar

09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  2 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  0 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  3 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  1 08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  1 07:37U-18 терма жамоамиз Беларусга ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди  13 02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  2 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  7 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  5 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  9 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1

"U kabi futbolchini endi maydonga tushirmayman". Kanchelskis kimni nazarda tutgan edi? Yangiliklar

"U kabi futbolchini endi maydonga tushirmayman". Kanchelskis kimni nazarda tutgan edi?

Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi matbuot anjumanida keskin fikr bildirgan edi.

Andrey Kanchelskis "Zaxirada ko'zi yonib turgan, o'ziga beriladigan imkoniyatni poylayotgan futbolchilar ko'p. O'zgarishlar qilinadi, tarkibda ayrim kamchiliklar yopiladi. Ismini aytmayman, u kabi futbolchilarni endi maydonga tushirmayman, buni "Navbahor" muxlislari oldida ham vada bera olaman", degandi.

9-turda "lochinlar" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Kanchelskis mazkur bahsda "Bunyodkor" bilan o'yinda tushgan futbolchilardan faqat ikki nafarini tushirmadi xolos: Ivan Solovyov va Obid Jo'raboev. "Bunyodkor" bilan bahsda o'ynagan qolgan barcha futbolchilar "Qizilqum" bilan uchrashuvda ham ishtirok etishdi.

Ivan Solovyov "Bunyodkor" bilan o'yinning tanaffusida almashtirilgan bo'lsa Obid Jo'raboev 78-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan edi.

Solovyov "Qizilqum"ga qarshi bahsdan oldin sariq kartochkalari soni 4taga etgani bois diskvalifikaciyaga uchraganini ham takidlash lozim. Obid Jo'raboev esa "Qizilqum" bilan o'yindan bir kun avval "Navbahor" U-21 safida maydonga tushdi.

Sizningcha Kanchelskis kimni nazarda tutgandi? Yoki murabbiy fikridan qaytgan va "o'sha" futbolchini "Qizilqum" bilan bahsda maydonga tushirganmikin?

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика