

Ravshan Haydarov shogirdlari guruhning so'nggi uchinchi uchrashuvini mezbon BAA yoshlariga qarshi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Uchchala o'yinda yuz foizlik natijaga erishgan yoshlarimiz Osiyo chempionatining final bosqichiga birinchi bo'lib chiqishdi.
Osiyo chempionati saralash bosqichi.
"D" guruhi, 3-tur.
BAA (U-22) - O'zbekiston (U-22) 0:2
Gollar: Islom Qobilov, Javohir Siddiqov.
O'zbekiston (U-23) - Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Aziz G'aniev, Jasur Yaxshiboev, Javohir Siddiqov, Zabihillo O'rinboev, Odil Hamrobekov, Sharof Muhitdinov, Dostonbek Tursunov.

Uchrashuvdagi gollarni quyida tomosha qiling



