U-23. O'zbekiston BAAni mag'lub etdi va birinchi bo'lib OCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2017, 22:04
Bundan bir necha daqiqa avval O'zbekiston yoshlar U-22 terma jamoasi Osiyo chempionatining final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ravshan Haydarov shogirdlari guruhning so'nggi uchinchi uchrashuvini mezbon BAA yoshlariga qarshi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchchala o'yinda yuz foizlik natijaga erishgan yoshlarimiz Osiyo chempionatining final bosqichiga birinchi bo'lib chiqishdi.

Osiyo chempionati saralash bosqichi.

"D" guruhi, 3-tur.

BAA (U-22) - O'zbekiston (U-22) 0:2

Gollar: Islom Qobilov, Javohir Siddiqov.

O'zbekiston (U-23) - Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Aziz G'aniev, Jasur Yaxshiboev, Javohir Siddiqov, Zabihillo O'rinboev, Odil Hamrobekov, Sharof Muhitdinov, Dostonbek Tursunov.


Uchrashuvdagi gollarni quyida tomosha qiling


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia