So’nggi yangiliklar

15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  1 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  4 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  0 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  5 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  6 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15

U-23 Osiyo Kubogi. O'zbekiston Qatarni tor-mor etib, muddatidan avval pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogi. O'zbekiston Qatarni tor-mor etib, muddatidan avval pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi

U-23 Osiyo kubogi 2-turi doirasidagi Qatar - O'zbekiston uchrashuvi yakunlandi.


QATAR - O'ZBEKISTON 0:6

4 iyun 2022 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 20:00

Hakamlar: Muhanad Qosim, Vateq Mdallal, Haydar Abdulhasan (uchalasi ham — Iroq)

Gol: 0:1 — 5, Jaloliddinov, 0:2 — 20, Erkinov, 0:3 — 45+1, Norchaev, 0:4 — 60, Hoshimov, 0:5 — 63, Yusuf Ayman (avtogol), 0:6 — 67, Jiyanov.

Qatar U-23: 22.Saloh Zakariya, 2.Ali Malola, 5.Yusuf Ayman, 6.Osama Abdulkarim, 7.Abdulrashid Umar, 8.Mustafo Tariq, 9.Yusuf Abdurisag (4.Muhammad Emad, 66), 10.Hoshim Ali (20.Ahmad al G'ani, 59), 12.Abdulla Isa al Sulaiti (14.Andri Syaputra, 66), 15.Jassim Gaber Abdulsalom, 19.Ahmad Suhayl

Zaxira: 1.Mahmud Ibrohim, 3.Diyab Harun, 11.Jassim Muhammad al Mehairi, 13.Muhammad Holid, 16.Faisal Muhammad, 17.Holid Volid Mansur, 18.Mekki Tombari, 21.Maruan SHarif, 23.Jassim Muhammad al SHarshani

O'zbekiston U-23: 1. Abduvohid Nematov, 2.Saidazamat Mirsaidov (13. Eldor Begimov, 46), 3. Doston Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojimat Erkinov, 8.Ibrohim Ibragimov, 9.Ulug'bek Hoshimov (20.Ruslanbek Jiyanov, 60), 10. Jasur Jaloliddinov (14.Abbosbek Fayzullaev, 60), 16. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchaev (22.Alisher Odilov, 68), 23. Abduraf Bo'riev (4.Abubakr Rizo Turdialiev, 89).

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 21.Hamidullo Abdunabiev, 6. Jaloliddin Sodiqov, 11. Otabek Jo'raqo'ziev, 15.Odilbek Abdumajidov, 16. SHahzod Toirov, 17. Diyor Xolmatov.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! O'zbekistonlik futbolchilar bugun har tomonlama ustunlik qilishgan holda yirik hisobda g'alaba qozondi va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

90+1. Fayzullaevning o'ziniyam, zarbasiniyam kuchi qolmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Bo'riev o'rniga Turdaliev o'yinni davom ettiradi.

87. Qatarliklar qo'pol o'ynashga o'tishdi. Navbatdagi jabrdiyda Ibrohimov bo'ldi.

85. Yusuf Ayman taqdirga tan berib, maydonda o'tiribdi. SHifokorlar uni yupatishmoqda.

81. Ruslan Jiyanov to'pni o'ziga bo'ysindira olganda, raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqardi.

79. O'zbekistonlik ikki futbolchi ettinchi golni kiritishda bir-biriga xalaqit berib qolishdi.

29754 nafar tomoshabin bugungi o'yinga tashrif buyurdi. Ular orasida siz bormisiz?

73. Eldor Begimovning zarbasini darvozabon terlab-pishib bartaraf etdi. Sal qolishiga sal qoldi ettinchi golga. Sog'ingandik ko'p gollarni.

68. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Norchaev maydonni tark etdi, Alisher Odilov maydonga tushirildi.

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! RUSLANBEK JIYANOV hisobni aytib bo'lmas ko'rinishga keltirdi!

Ruslanbek Jiyanovning Qatarga urgan goli

66. Qatarda ikki o'zgarish: al Sulaiti va Abdurisag zaxiraga olindi, Andri Syaputra va Muhammad Emad o'yinga qo'shildi.

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! 0:5!!! AVTOGOL! Raqib darvozasiga to'p kiritolmayotgan qatarliklar o'zlariniki ishg'ol qilib qo'ya qolishdi. Qatarliklar futbolchi to'pga tegmaganida Norchaev o'z hisobiga dublni rasmiylashtirishi mumkin edi.

5-gol

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Ulug'bek Hoshimov!!! Begimovning qanotdan kirib borib, tepgan to'pini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Hoshimov darvozaga joylab qo'ydi.

60. O'zbekistonda ham o'zgarishlar: Abbosbek Fayzullaev Jasur Jaloliddinov o'rniga, Ruslanbek Jiyanov Hoshimov o'rniga maydonga tushdi.

59. Qatar tarkibida o'zgarish: Ahmad al G'ani biroz avval voy-voylab yotgan Hoshim Alining o'rniga maydonga tushdi.

58. Jaloliddinovdan yana bir zarba, zarbaning spidometri pastlik qildi.

57. Hoshim Ali oq xalatlilar yordamiga muhtoj. Zaxirada kimdir uning o'rniga maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda chamamda.

54. Qatarlik futbolchi uzoq masofadan zarba yo'lladi, uning tepgan to'piga darvozamiz kaltalik qildi.

52. ZARBA! Qatarliklarning Abrahami yaqin masofadan zarba yo'lladi, O'zbekistonning Kurtuasi to'pni qaytardi.

50. Norchaevning chap oyoqda yo'llagan zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

Yo'q, penalti belgilanmadi. O'yin davom etadi.

Qatar darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Hakam VARga murojaat qilmoqda.

46. Jaloliddinovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib qaytdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasida o'zgarish: Saidazamat Mirsaidovning o'rniga Eldor Begimov maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! HUSAYN NORCHAEV!!! Qatarlik himoyachining to'pni yo'qotishi oqibatida Hojimat Erkinov to'pni egallab oldi hamda Norchaevga golni "chaynab" berdi, Husayn esa bo'sh darvozani ortiqcha qiyinchiliksiz ishg'ol qildi. Bugungi barcha gollar Diyor Rahimqulov xotirasiga bag'ishlanadi.


Husayn Norchaevning Qatarga urgan goli

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Hujumda Saidazamat Mirsaidovga nisbatan futbol qoidasiga to'g'ri kelmaydigan kurash qo'llandi, natijada jarima zarbasi belgilandi.

42. ZARBA! Markazda to'pni qabul qilib olgan Ulug'bek Hoshimovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi mo'ljalga etishiga lineyka uzunligidagi masofa etmadi.

39. O'zbekistonlik futbolchilar himoyada shoshmashosharlikka yo'l qo'ydi, hujum amallab bartaraf etildi.

35. ZARBA! Hisob yirik ko'rinishga kelishi mumkin edi, qanotdan oshirilgan to'pga Doston Tursunov zarba yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

33. Pressing natijasida anorrangli libosda o'ynayotgan futbolchilar to'pni yo'qotdi. Qarshi hujumda esa Jaloliddinovning chapaqay emasligi ayon bo'ldi..

31. Jasur Jaloliddinov to'p uchun kurashda raqibiga qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

30. Ulug'bek Hoshimov to'pni egallashda yigit bahoga loyiq harakat qildi, oqibatda hujum besamar yakunlandi.

27. Norchaev Isa al Sulaitini yiqitdi, Husayn hakamga etiroz bildirmoqda, jamoa sardori uni tinchlantirdi.

"Paxtakor" stadioni o'yin avvalida shunday ko'rinishda edi.

24. Qatarliklar oldinga tashlanishmoqda, ammo bizning "qopqon"imiz soz hozircha.

ElevenSportsSEA nashri Erkinovning golini Messi uslubida deya etirof etdi.

20. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! HOJIMAT ERKINOV!!! CHap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borgan hujumchi chap oyoqda raqib darvozasini ishg'ol qildi hamda golni bevaqt avtohalokatga uchragan Diyor Rahimqulov xotirasiga bag'ishladi.

Hojimat Erkinovning Qatarga urgan goli

18. Raqib jarima maydoni ichida Ulug'bek Hoshimov yiqildi, ammo hakam o'yin qoidasi aynan o'zbekistonlik hujumchi tomonidan buzilganini etirof etdi. 

14.O'zbekistonliklardan yana bir hujum, raqib darvozaboni to'pga ildamroq harakat qilmaganida, tablodagi hisob o'zgarishi mumkin edi.

11.Endi esa bo'yi, yuzi, raqami ham Abrahamni eslatadigan Yusuf Abdurisag darvozaga zarba berib ko'rdi, himoyachilarimiz to'pni darvozaga etib borishiga yo'l qo'ymadi.

10.O'zbekistonliklardan navbatdagi zarbalar to'plami Zakariyaning boshini changallashga majbur qilolmadi.

7.Norchaev hujumda raqamdoshiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

5.GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Jasur Jaloliddinov!!! Hujum boshlagan Jasur chap oyoq uchida zarba yo'lladi, to'p to'singa tegib, darvoza to'rlari quchog'idan o'rin oldi, raqib posboni bu erda haykal vazifasini o'tab berdi.


Jasur Jaloliddinovning Qatarga urgan goli

2.Xavfli vaziyat! Qatarliklarning havodan oshirilgan to'pi zarba bilan yakunlandi. Nematov dastlab to'pni egallashda xatolikka yo'l qo'ydi, biroq yakunda vaziyat biz uchun yaxshilik bilan yakunlandi.

1.Dastlabki hujum Abdulrashid Umarning zarbasi bilan yakunlandi, qatarliklar burchak to'pi ishlab olishdi.

1. Qatar uchrashuvni boshlab berdi.

Guruhdagi dastlabki uchrashuvda Turkmaniston Eronni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

O'zbekiston terma jamoasi bugun oq, qatarliklar esa to'q qizil rangli libosda o'ynaydi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Stadion ham asta-sekin muxlislar bilan to'lmoqda, ko'pchiligi talabalarga o'xshamoqda, yana kim biladi deysiz.

O'zbekiston terma jamoasi ilk turdan so'ng guruhda peshqadam bo'lib turibdi. Qatarda esa 1 ochko mavjud.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi

"Paxtakor" stadioni Qatar U-23 — O'zbekiston U-23 uchrashuvini qabul qilishga shay!

O'zbekiston U-23 Qatar U-23 bilan bellashuvga tayyor!

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Mamlakatimiz yashil maydonlarida o'tkazilayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo Kubogining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Qatar uchrashuvi star olish arafasida turibdi. 

Reyting: +83   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика