U-23 Osiyo Kubogi. O'zbekiston guruhda 1-o'rinni naqd qildi!
04 iyu 2022 21:55
Yangiliklar


U-23 Osiyo Kubogi. O'zbekiston guruhda 1-o'rinni naqd qildi!
Sal avval "A" guruhi 2-turi doirasidagi Qatar – O'zbekiston uchrashuvi yakuniga etdi.
Unda hamyurtlarimiz yirik 6:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi.
SHunday qilib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 6 ochko qo'lga kiritgan holda guruh bosqichini 1-o'rinda yakunlaydigan bo'ldi.
Ayni paytda O'zbekiston 6 ochko va 7-0 to'plar farqiga ega. Turkmaniston 3 ochko (to'plar farqi: 2-2), Eron 1 ochko (to'plar farqi: 2-3), Qatar 1 ochko (to'plar farqi: 1-7) to'plagan.
Malumot uchun, ochkolar teng bo'lib qolsa, birinchi navbatda o'zaro o'yinga qaraladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar