U-23 Osiyo chempionati qurasida O'zbekiston birinchi savatchada bo'ladi
27 mar 2019 09:22
Yangiliklar


U-23 Osiyo chempionati qurasida O'zbekiston birinchi savatchada bo'ladi
Kecha qitamizda U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari yakuniga etdi.
Ushbu o'yinlardan keyin Osiyo chempionatiga yo'llanma olgan barcha 16ta jamoa nomi malum bo'ldi.
Tailand musobaqa mezboni sifatida yo'llanmaga ega chiqdi. Saralash orqali qita chempionatiga chiqqan jamoalar: Qatar, Bahrayn, Iroq, BAA, Iordaniya, O'zbekiston, KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Vetnam, Avstraliya, Eron, Suriya, Saudiya Arabistoni.
Osiyo chempionati 2020 yilning 8-26 yanvar kunlari Tailand mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston o'tgan musobaqa chempioni sifatida qura tashlash marosimida 1-savatchadan joy oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar