Eshitdik-da! CAFA U-17 musobaqasida O'zbekiston U-16 terma jamoasi qatnashadi Yangiliklar

Eshitdik-da! CAFA U-17 musobaqasida O'zbekiston U-16 terma jamoasi qatnashadi

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 15 maydan Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi.

Sergey Chigodaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi 1 iyungacha davom etadigan yig'in doirasida CAFA U-17 turnirida ishtirok etishi ko'zda tutilgan. 

Unda O'zbekiston bilan bir qatorda Eron, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'oniston termalari qatnashadi. 

Musobaqa 24 maydan 31 mayga qadar Toshkent viloyati "Do'stlik" stadionida tashkil etiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика