So’nggi yangiliklar

05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  0 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  4 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  173 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0

U-23 Osiyo chempionati haqida nimalarni bilish kerak? (+to'liq taqvim) Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati haqida nimalarni bilish kerak? (+to'liq taqvim)

8-26 yanvar kunlari Tailandda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Tailanddagi U-23 Osiyo chempionati hisob bo'yicha to'rtinchisi hisoblanadi.

Dastlabki chempionat 2013 yil Ummonda bo'lib o'tgan. Uch yildan so'ng ushbu musobaqa Qatarda tashkil etilgan. 2018 yilgi qita chempionati o'yinlari Xitoyda o'tkazilgan. Biz oldingi chempionatlarda O'zbekiston terma jamoasi qanday natijalar qayd etganini yodga olamiz.

Ummon-2013
Birinchi U-23 Osiyo chempionatida SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etgan. Guruhda dastlab Xitoyni 2:1 hisobida mag'lub etgan vakillarimiz ikkinch turda Iroqqa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishgan. Guruhdagi oxirgi o'yinda Saudiya Arabistoni 1:0 hisobida g'alabaga erishgan hamda O'zbekiston 3 ochko bilan 3-o'rinni band etib uyga qaytgan. Etiborlisi musobaqa finalida Saudiya Arabistoni va Iroq to'qnash kelishgan hamda iroqliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonib tarixiy birinchi chempionga aylanishgandi.

Qatar-2016
Ikkinchi musobaqada Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qatnashgan. Guruhdagi ilk bahs Janubiy Koreyaga qarshi kechgan va unda 1:2 hisobida mag'lub bo'lganmiz. Ikkinchi turda Iroqqa 2:3 hisobida yutqazilgan. So'nggi, hech nimani hal qilmaydigan 3-turda vakillarimiz Yamanni mag'lub etishgan - 3:1. Bu safar ham 3 ochko bilan guruhda 3-o'rin egallangan. Qizig'i musobaqa so'nggida guruhdoshlarimiz Janubiy Koreya kumush, Iroq esa bronza medallarini qo'lga kiritgan edi. Oltin medallar esa Yaponiyaga nasib etgandi.

Xitoy-2018
Uchinchi Osiyo chempionati biz uchun tarixiyga aylangan. Ilk turda Qatarga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan Ravshan Haydarov shogirdlari keyingi turlarda mezbon Xitoy va Ummonni bir xil 1:0 hisoblarida mag'lub etishgan. O'zbekiston U-23 o'z tarixida ilk bor ushbu musobaqada guruhdan chiqa olgandi. CHorak finalda qarshimizdan Yaponiya chiqqan. Unda O'zbekiston yirik 4:0 hisobida zafar quchgan hamda yarim finalga yo'l olgandi. Final ostonasida Janubiy Koreya bilan o'ynaganmiz. Bu safar ham vakillarimiz yirik g'alabani tantana qilishgandi - 4:1. "Qorli final" deb nom olgan bahs hamon ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Vetnamga qarshi uch soatdan ortiqroq davom etgan o'yinda qo'shimcha taymlarning so'nggi soniyalarida Andrey Sidorov tomonidan urlgan gol evaziga chempion bo'lganmiz - 2:1. O'shanda o'zbekistonlik yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan edi.

Tailand-2020
To'rtinchi Osiyo chempionatida faqat Bahrayn debyutant hisoblanadi. Tailandga oldingi uchta musobaqa chempionlari Iroq, Yaponiya va O'zbekiston boradi. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Janubiy Koreya, Xitoy va Eron bilan kurash olib boradi.

Ushbu musobaqada agar Yaponiya yarim finalga chiqadigan bo'lsa yarim finalchilarning barchasi yozda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga yo'llanma oladi. Agar Yaponiya yarim finalga chiqa olmasa, u holda ikki finalchi va 3-o'rin sohibi olimpiya o'yinlarida qatnashadi.

Musobaqa o'yinlari 4ta stadionda o'tkaziladi:
"Rajamangala" (Bangkok) - 49722 tomoshabin
"Tammasat" (Bangkok) - 25000 tomoshabin
"Buriram" (Buriram) - 32600 tomoshabin
"Tinsulanon" (Songxla) - 45000 tomoshabin


Sana

Vaqt (Toshkent)

O'yin

Stadion

Guruh

08.01.2020

15:15

Iroq - Avstraliya

"Tammasat", Bangkok

"A"

08.01.2020

18:15

Tailand - Bahrayn

"Rajamangala", Bangkok

"A"

09.01.2020

15:15

Qatar - Suriya

"Tammasat", Bangkok

"B"

09.01.2020

15:15

O'zbekiston - Eron 

"Tinsulanon", Songxla

"C"

09.01.2020

18:15

Yaponiya - S.Arabistoni

"Tammasat", Bangkok

"B"

09.01.2020

18:15

Janubiy Koreya - Xitoy

"Tinsulanon", Songxla

"C"

10.01.2020

15:15

Vetnam - BAA 

"Buriram", Buriram

"D"

10.01.2020

18:15

KXDR - Iordaniya

"Buriram", Buriram

"D"

11.01.2020

15:15

Bahrayn - Iroq

"Tammasat", Bangkok

"A"

11.01.2020

18:15

Avstraliya - Tailand

"Rajamangala", Bangkok

"A"

12.01.2020

15:15

S.Arabistoni - Qatar

"Tammasat", Bangkok

"B"

12.01.2020

15:15

Eron - Janubiy Koreya

"Tinsulanon", Songxla

"C"

12.01.2020

18:15

Suriya - Yaponiya

 "Tammasat", Bangkok

"B"

12.01.2020

18:15

Xitoy - O'zbekiston 

"Tinsulanon", Songxla

"C"

13.01.2020

15:15

BAA - KXDR 

"Buriram", Buriram

"D"

13.01.2020

18:15

Iordaniya - Vetnam

"Buriram", Buriram

"D"

14.01.2020

18:15

Tailand - Iroq

"Rajamangala", Bangkok

"A"

14.01.2020

18:15

Avstraliya - Bahrayn

"Tammasat", Bangkok

"A"

15.01.2020

15:15

O'zbekiston - Janubiy Koreya

"Tammasat", Bangkok

"C"

15.01.2020

15:15

Xitoy - Eron

"Tinsulanon", Songxla

"C"

15.01.2020

18:15

Qatar - Yaponiya

"Rajamangala", Bangkok

"B"

15.01.2020

18:15

S.Arabistoni - Suriya

"Tammasat", Bangkok

"B"

16.01.2020

18:15

Vetnam - KXDR

"Rajamangala", Bangkok

"D"

16.01.2020

18:15

Iordaniya - BAA

"Buriram", Buriram

"D"

18.01.2020

15:15

B1 - A2

"Tammasat", Bangkok

1/4

18.01.2020

18:15

A1 - B2

"Rajamangala", Bangkok

1/4

19.01.2020

15:15

C1 - D2

"Tammasat", Bangkok

1/4

19.01.2020

18:15

D1 - C2

"Rajamangala", Bangkok

1/4

22.01.2020

15:15

CHorak final 1 - CHorak final 4

"Rajamangala", Bangkok

1/2

22.01.2020

18:15

CHorak final 2 - CHorak final 3

"Tammasat", Bangkok

1/2

25.01.2020

17:30

Yarim final 1 mag'lubi - Yarim final 2 mag'lubi

"Rajamangala", Bangkok

3-o'rin

26.01.2020

17:30

Yarim final 1 g'olibi - Yarim final 2 g'olibi 

"Rajamangala", Bangkok

Final

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика