So’nggi yangiliklar

12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  1 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  3 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0

U-23 Osiyo chempionati. Bugun qitamiz bo'ylab saralash o'yinlari start oladi Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. Bugun qitamiz bo'ylab saralash o'yinlari start oladi

Kelasi yil yanvar oyida Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Bugun esa qitamiz bo'ylab turli joylarda mana shu musobaqaga saralash bahslari boshlanadi. Saralash o'yinlarida jami 43ta jamoa qatnashadi va 15ta yo'llanma uchun kurash kechadi. Ushbu musobaqa keyingi yil Tokioda o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlariga yo'llanma berishini hisobga olsak, kurash ancha qizg'in bo'lishi turgan gap. 

Malumki, Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqasi uchun Osiyoga mezbon Yaponiyadan tashqari yana uchta o'rin berilgan. Saralash bahslariga qura o'tgan yilning noyabrida tashlangandi. Jamoalar 11ta guruhga bo'lib chiqilgan. Faqat biz joy olgan guruhda uchta jamoa bor, qolganlarida to'rttadan. 

Musobaqa nizomiga ko'ra, 11ta guruh g'oliblari, shuningdek eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan to'rtta eng yaxshi ikkinchi o'rin sohiblari kelasi yil Tailandda o'tkaziladigan musobaqaga yo'l olishadi. Saralash o'yinlarida ishtirok etishni lozim topgan (konkursdan tashqari) Tailand agar birinchi yo ikkinchi o'rin bilan yo'llanmaga ega chiqadigan bo'lsa, unda eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan beshinchi jamoaga ruxsat beriladi. 

Quyida barcha guruhlar va 1-tur o'yinlar taqvimini keltirib o'tamiz. 

"A" guruhi - Qatar (mezbon), Ummon, Nepal, Afg'oniston.

"B" guruhi - Falastin, Bahrayn (mezbon), Bangladesh, SHri Lanka. 

"C" guruhi - Iroq, Eron (mezbon), Turkmaniston, Yaman. 

"D" guruhi - Saudiya Arabistoni (mezbon), BAA, Livan, Maldiv. 

"E" guruhi - Iordaniya, Suriya, Qirg'iziston, Quvayt (mezbon). 

"F" guruhi - O'zbekiston (mezbon), Tojikiston, Hindiston. 

"G" guruhi - KXDR, Gonkong, Singapur, Mo'g'uliston (mezbon). 

"H" guruhi - Janubiy Koreya, Avstraliya, Kambodja (mezbon), Xitoy Taypeyi. 

"I" guruhi - Yaponiya, Myanma (mezbon), Timor-Leste, Makau.

"J" guruhi - Malayziya (mezbon), Xitoy, Laos, Filippin. 

"K" guruhi - Vetnam (mezbon), Tailand, Indoneziya, Bruney. 


1-tur uchrashuvlari. 22 mart 

Gonkong - Singapur

Yaponiya - Makau

Iroq - Yaman

Falastin - SHri Lanka

Xitoy - Laos

KXDR - Mo'g'uliston

Janubiy Koreya - Xitoy Taypeyi

Tailand - Indoneziya

Hindiston - O'zbekiston 

Ummon - Nepal

Suriya - Qirg'iziston

BAA - Livan 

Myanma - Timor-Leste

Eron - Turkmaniston 

Qatar - Afg'oniston 

Bahrayn - Bangladesh 

Vetnam - Bruney 

Avstraliya - Kambodja 

Iordaniya - Quvayt 

Saudiya Arabistoni - Maldiv 

Malayziya - Filippin 

Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo chempionatining amaldagi g'olibi O'zbekiston terma jamoasi hisoblanadi. Vakillarimiz Xitoyda o'tkazilgan musobaqa finalida Vetnamdan 2:1 hisobida ustun kelishgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика