So’nggi yangiliklar

11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  1 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  18 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  5 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  9 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0

U-22 Three Nations Tournament: O'zbekiston yoshlar termasi muddatidan avval g'oliblikni qo'lga kiritdi Yangiliklar

U-22 Three Nations Tournament: O'zbekiston yoshlar termasi muddatidan avval g'oliblikni qo'lga kiritdi

Teglar :  O'zbekiston
Qatar poytaxti Doha shahrida 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida U-22 Three Nations Tournament xalqaro turniri davom etmoqda.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o'yinni Qirg'iziston U-22 termasiga qarshi o'tkazib, 2:0 hisobida zafar quchdi. O'yinda Bobur Abduxoliqov  dubl muallifiga aylandi.

Qatorasiga uchta o'yinda g'alaba qozongan Ravshan Haydarov shogirdlari so'nggi o'yin oldidan 9 ochko bilan musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.  

O'zbekistonlik futbolchilar ilk o'yinda Qirg'iziston yoshlarini 1:0 hisobida, ikkinchi o'yinda Qatar yoshlarini xuddi shunday hisobda mag'lubiyatga uchratgan edi. Etiborlisi, o'tkazilgan o'yinlarda O'zbekiston U-22 termasi o'z darvozasidan birorta gol o'tkazib yubormadi.

Musobaqa mezboni Qatar yoshlar termasi hisobida 4 ochko, Qirg'iziston U-22 termasi hisobida esa 1 ochko mavjud. Turnirning so'ngg bellashuvi bugun, 6 iyul kuni Qatar va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

U-22 Three Nations Tournament
Aspire P7 stadioni
5 iyul, chorshanba

Qirg'iziston U-22 – O'zbekiston U-22 - 0:2

Gollar: Bobur Abduxoliqov (2, 50)

Ogohlantirishlar: Asqar Soliev (19), Georgiy Slavniy (58), Abay Bokoleev (80) – Oybek Rustamov (50)

Qirg'iziston U-22: Doston Alibekov (Kutman Qodirbekov, 71), Mustafo Yusupov, Ayzar Akmatov (Almaz Malieov, 71), Danila Sokirchenko, Asqar Soliev, Odil Abdurahmonov (Mamiraliev Suyuntbek, 45), Azim Azarov (Abay Bokoleev, 72), Qodir SHaarbekov,  Andrey Doljenko, Nurtay Kurmantay, Viktor Kelm (Georgiy Slavniy, 43).

O'zbekiston U-22: Sarvar Karimov (Botirali Ergashev, 70), Islom Qobilov, Abbos Otaxonov, Doston Tursunov, Husniddin G'ofurov, Doniyor Narzullaev (Xurshid G'iyosov, 46), Javohir Siddiqov (Bekzod G'anijonov, 70), Abdujamol Isroilov (Jasur Yaxshibeov, 46), SHarof Muhiddinov (Oybek Rustamov, 46), Bobur Abduxoliqov (Suhrob Nurulloev, 64), Zabihillo O'rinboev (Andrey Sidorov, 64).

Musobaqa davomida qayd etilgan natijalar: 

30 iyun, juma
Qatar – Qirg'iziston 3:3

1 iyul, shanba
O'zbekiston – Qirg'iziston 1:0

2 iyul, yakshanba
Qatar – O'zbekiston 0:1

4 iyul, seshanba
Qatar – Qirg'iziston 2:0

5 iyul, chorshanba
Qizg'iziston – O'zbekiston 0:2

6 iyul, payshanba
O'zbekiston – Qatar

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика