So’nggi yangiliklar

20:15Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:52"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  27 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  4 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

U-22 Osiyo chempionati saralash bahslariga 4 dekabr kuni qura tashlanadi Yangiliklar

U-22 Osiyo chempionati saralash bahslariga 4 dekabr kuni qura tashlanadi

U-22 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati-2016 saralash bahslariga shu yilning 4 dekabr kuni qura tashlanadi.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan tasdiqlangan reglamentga ko'ra ko'ra, jami 44 terma jamoa ikki zonaga bo'lingan holda saralash guruhlariga ajratiladilar. 2016 yilgi Osiyo CHempionati mezboni esa, saralash bahslaridan ozod etiladi. Malumot uchun, O'zbekiston Futbol Federaciyasi Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni qatorida 2016 yilgi U-22 Osiyo CHempionati mezbonligiga davogar hisoblanadi. Osiyo CHempionati-2016 mezboni nomi esa 31 noyabr kuni OFK Ijoriya Qo'mitasi yig'ilishida elon qilinadi.

Osiyo CHempionati saralashi reglamentiga ko'ra O'zbekiston G'arb zonasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi. G'arb zonasida jami 23ta jamoa 5ta guruhga bo'lingan holda musobaqaga kirishadi. G'arb zonasi saralash bahslariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomini esa OFK tasdiqladi va unga ko'ra Eron, Qatar, Falastin, Bangladesh va Pokiston saralash guruhlariga mezbonlik qiladilar. Osiyo CHempionati saralash bahslari esa 2015 yilning 23-31 mart kunlari o'tkaziladi. Reglamentga ko'ra, saralash guruhi g'oliblari va 2-o'rinni egallagan jamoalar ichida eng yaxshi ko'rsatkichga ega 5ta jamoa Osiyo CHempionati-2016 final bosqichiga yo'llanma oladilar.

Malumot o'rnida, 2016 yilda o'tkaziladigan U-22 Osiyo CHempionati huddi shu yili Rio de-Janeyro shahri mezbonlik qiladigan Olimpiada o'yinlariga ham saralash vazifasini o'taydi. 2016 yilgi OCH final bosqichi o'yinlari sanasi keyinrok OFK tomonidan tasdiqlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика