U-20 Osiyo kubogiga qura tashlash sanasi malum. O'zbekiston 1-savatchada bo'ladi
01 noy 2024 11:50
Yangiliklar


U-20 Osiyo kubogiga qura tashlash sanasi malum. O'zbekiston 1-savatchada bo'ladi
Osiyo futbol konfederaciyasi 2025 yilning fevral oyida Xitoy mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo kubogi final bosqichiga qura tashlash marosi haqida malumot berdi.
Unga ko'ra, marosim 7 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Xitoyning SHenchjen shahrida o'tkaziladi.
Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo'lib, amaldagi musobaqa g'olibi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 1-savatchadan o'rin olgan:
1-savatcha
Xitoy (musobaqa mezboni)
O'zbekiston
Iroq
Yaponiya
2-savatcha
Koreya Respublikasi
Avstraliya
Eron
Iordaniya
3-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg'iz Respublikasi
4-savatcha
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR
Malumot o'rnida, mazkur musobaqa CHilida bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'taydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025 yilgi yoshlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar