U-20 Osiyo kubogi. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasi
11 mar 2023 01:00
Yangiliklar
U-20 Osiyo kubogi. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasi
Darvozabon
Li Xao (Xitoy)
Aslida mazkur poziciyaga taomlarini yog'och tayoqchalarda istemol qiladigan mamlakat vakilini emas, guruh bosqichida davomida o'z darvozasi daxdsizligini saqlab qola olgan Janubiy Koreya darvozaboni yoki O'zbekiston posboni Otabek Boymurodovni joylashtirishimiz ham mumkin edi. CHin mamlakati qo'riqchisi esa o'z darvozasidan uchta to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Biroq terma jamoalar darajasi, futbolchilarning o'yinda qanday jonbozlik ko'rsatishiga qarab ushbu ro'yxatdan xitoylik posbonga joy berishga qaror qildik. Sababi, Li Xao uch uchrashuv davomida naq 21 marta seyv amalga oshirgan. Boymurodovda esa bu ko'rsatkich 5 tani tashkil etadi. Qolaversa, O'zbekiston yoki Koreyani Manchester klublariga qiyoslasak, Xitoy ularning oldida APLning o'rtamiyona klubi bo'lib qoladi. SHu bois, to'pni qaytarish bo'yicha yaqin taqibchilaridan ancha o'zib ketgan Xaoni mazkur ramziy jamoaga kiritishni maqul topdik.
Himoyachilar
Liu Xaofan (Xitoy)
Guruh bosqichidan zo'r-bazo'r chiqib kelgan CHin vakillariga himoya qo'rg'onidan ham joy topildi. Bunga sababni esa yuqorida takidlab o'tdim. Faqatgina himoyachi qo'li bilan emas, oyog'i bilan seyvlar amalga oshirdi. Yani, 26 marotaba raqiblar hujumini bartaraf etib, bu borada eng yaxshisi bo'ldi. Xaofan hujumlarni bartaraf etish bilan birga to'p yo'nalishini to'sib qo'yishda ham faol harakat qiladi.
Joshua Roulins (Avstraliya)
O'zbekiston yoshlarining bo'lajak raqibi bo'lgan jamoa sardori metin himoyachilardan sanaladi. Joshua ham xitoylik o'rtog'i singari raqib hujumlarini barbod qilishda g'ayratli sanaladi. U 18 marotaba raqiblarining rejalarini korzinka papkasiga uloqtirib yuborgan. Joshua ko'p pas o'ynaydi (bir o'yinda o'rtacha 50 tadan oshadi) va paslarining aniqligi Xaofanga qaraganda ancha yuqori. SHuningdek, Roulins yakkakurashlarda naq Van Deyk bo'lib ketadi. Havodagi kurashlarda-ku, aytmasayam bo'laveradi.
Mersad Sayfi (Eron)
Sayfi yuqoridagi ikki jo'rasiga nisbatan boshqacharoq karomatga ega hisoblanadi. CHap qanot himoyachisi mudofaalanishdan ko'ra, hujumga ko'proq yordam beradi hamda uzatmalar ijro etishda mohir sanaladi. Turnir davomida Sayfi jami 29 marta qanotdan uzatma amalga oshirgan. Faqatgina Abbos Fayzullaev undan yaxshiroq natija qayd etgan (30 ta). SHuningdek, Sayfi vaziyatlar yaratish borasida ham yuqori natija qayd etgan (7 ta).
CHoi Seok-Hyun (Janubiy Koreya)
CHoi ham raqib hujumlarini bartaraf etishda ustasi koreys sanaladi, u 16 bor raqib hujumlarini qaytargan. SHu bilan birga, Seok-Hyun hujumlar tashkil etish hamda raqib darvozasi tomon zarba yo'llashdan ham tonmaydi. SHuningdek, to'pni olib qo'yishda ham chaqqonlik namoyish eta oladi. CHoi Koreya qo'rg'oniga raqiblar yo'l topolmasligida asosiy sababchilardan biri bo'lib turibdi.
Yarim himoyachilar
Abbos Fayzullaev (O'zbekiston)
Bir yil avval o'zidan ancha kattaroq yoshlilar o'rtasidagi qita musobaqasida yo'qolib qolmasdan, chaqnay olgan yosh o'zbekistonlik yulduz o'z tengdoshlari o'rtasidagi turnirda o'yinlari bilan ajralib turibdi. Jumladan, 1-turda uning ijrosida jarima zarbasidan supergol guvohiga aylandik. Qolaversa, Abbos bir necha ko'rsatkichlar bo'yicha mandat peshqadami bo'lib turibdi. Jumladan, biroz avval yuqorida eslatib o'tganimiz qanotlardan to'p uzatishda o'zbek o'g'loni hammadan ko'proq mehnat qilgan bo'lsa (30 ta), shuningdek, vaziyatlarni tashkil etishda ham hozircha eng ilg'or futbolchi sanaladi (11 ta). O'ylaymizki, bu shijoat turnir so'ngiga qadar so'nmaydi.
Jed Dryu (Avstraliya)
Dryuga Avstraliya tomonidan urilgan 12 ta golning birortasi tegishli bo'lmasa-da, aynan shu gollarning yuzaga kelishida yarim himoyachining o'rni beqiyos. Jed ikki o'yinda uchta golli uzatma amalga oshirib, musobaqa assistinlari qatorida peshqadam bo'lib turibdi. SHuningdek, u vaziyatlar yaratish borasida biroz avval tilga olingan Sayfi bilan birgalikda kuchli beshlikdan o'rin egallagan (7 ta).
Musab al Juvayr (Saudiya Arabistoni)
Garchand saudiyaliklar guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo'lgan bo'lsa ham, jamoaning nisbatan barqaror o'yin ko'rsatishida Al Juvayrning xizmatlari katta. Musab to'p qaerda bo'lsa, o'sha erda hozir-u nozir bo'lishni yaxshi ko'radi, sheriklari bilan tez-tez pas almashib, bog'lovchi vazifasini bajaradi, yakkakurashlarda faol ishtirok etadi. SHuningdek, vaziyatlar yaratishdan ham qochmaydi (6 ta). Al Juvayr guruh bahslari davomida eng ko'p pas bergan futbolchi (288 ta) ekanligini ham qayd etib o'tish joiz.
Hujumchilar
Naoki Kumata (Yaponiya)
Nihoyat, oldingi chiziq vakillariga ham etib keldik. Bulardan birinchisi 3 ta gol bilan turnir to'purari bo'lib turgan Naoki Kumata sanaladi. Xitoyga qarshi bahsni hujumchining dubli hal qilib qo'ya qoldi. Kumata o'yin davomida unchalik jon kuydirmaydi, biroq vaziyatlardan maksimal ravishda foydalanishga harakat qiladi. Qolaversa, ikkinchi qavatdagi kurashda himoyachilarga boshog'riq bo'la oladi.
Kuryu Matsuki (Yaponiya)
SHerigidan bitta kam gol urgan Matsuki harakat bobida tinib-tinchimas sanaladi, u gol urishdan tashqari vaziyatlarni yaratish, jamoadoshlar bilan pas o'ynash bobida abjirroq sanaladi. To'purarlar qatorida borish bilan bir qatorda vaziyatlar tashkil etish bo'yicha yapon hujumchisi 3-ko'rsatkichga erishgan (8 ta).
Haydar Abdulkarim (Iroq)
Abdulkarim bilan ushbu poziciya borasida bahslashadigan hujumchilar etarlicha topiladi. Avstraliya, Eron, koreys futbolchilari ham Abdulkarim singari turnir davomida ikkitadan gol urishgan, hatto kengurular mamlakati vakili Bernardu Oliveyra hisobida assist ham mavjud. Biroq ulardan farqli o'laroq, Haydar nisbatan muhimroq gollarni urgan. Indoneziyaga qarshi g'alabada ham, Suriya bilan durang qayd etilishida ham iroqlik hujumchining xizmati beqiyos bo'ldi. Faqatgina O'zbekistonga qarshi o'yinda u raqib darvozasiga yo'l topa olmadi. Oliveyra esa dublini ham, assistini ham Qatarga qarshi bahsda tabloga yozdirib qo'ygan. Jamoalar darajasi hamda mehnat jihatdan olib qaraganda, Abdulkarimni ushbu chiziqqa mos deb topdik.
Ramziy terma jamoa (futbolchilarning o'z raqamlari bilan)
Fikrlar