So’nggi yangiliklar

22:47Никола Лазаревич: "Иккинчи бўлимда кўпроқ гол уришимиз мумкин эди"  0 22:44АПЛ. "Арсенал" тўртта тўп киритилган "Ливерпуль"га қарши ўйинда ирода қайд этди  9 22:34Асрор Алиқулов: "Рақиблардан чўчиётганимиз йўқ"  1 22:20Суперлига. "Сўғдиёна" "Шўртан" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  9 22:13"Ал Иттиҳод" — "Ал Файҳа". Бошланғич таркиблар маълум  2 21:55Эл Классико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 4:3, Мбаппедан хет-трик, Рафинядан эса дубл  33 21:41"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан музокара ўтказмоқда  2 21:19ЛаЛига. "Барселона" мавсумдаги тўртинчи Класикода ҳам ғалаба қозонди  500 21:07ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жасур Жалолиддинов эса...  1 20:50Суперлига. "Машъал" ва "Қизилқум" жанговар дуранг қайд этди  3 20:34"Рубин" — "Ростов". Таркиблар маълум  0 20:29Бундеслига. "Байер" — "Боруссия Дортмунд" ўйинида 6 та гол урилди  1 20:21АПЛ. МЮ ва "Тоттенхэм" ўз майдонида мағлубиятга учради, "Ноттингем Форест" "Лестер"га мағлуб эта олмади  0 20:07Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ва "Бодрумспор" ўзаро дуранг ўйнади, Турғунбоев яна захирада қолдирилди  0 19:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Хоразм"ни кичик ҳисобда таслим қилди  28

U-20 JCH. O'zbekiston 90+7 daqiqada to'p o'tkazib yubordi va musobaqa bilan xayrlashdi Yangiliklar

U-20 JCH. O'zbekiston 90+7 daqiqada to'p o'tkazib yubordi va musobaqa bilan xayrlashdi

U-20 jahon chempionati nimchorak finali doirasida o'yin yakunlandi.

O'zbekiston U-20 - Isroil U-20 0:1

Gol: 0:1 — 90+7, Anan Xalaili.

O'zbekiston U-20: 12.Asrorbek Kenjaev, 3.Abduqodir Husanov, 4.Abubakir Ashurov, 6.Jahongir O'rozov, 8.Behruzbek Asqarov (17.Nodirbek Abdurazzoqov, 68), 9. SHahzod Nematjonov (7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 59), 11.SHerzod Esanov, 13.Zafarmurod Abdirahmatov, 14.Abbos Fayzullaev, 15.Diyorbek Ortiqboev, 18.Saidafzalxon Ahrorov (20.Mahmudjon Mahamadjonov, 68)

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Rustam Turdimurodov, 16.SHahzod Rahmatullaev, 19.SHahzod Akramov

Isroil U-20: 1.Tomer Zarfati, 2.Ilay Feingold, 3.Or Israelov, 4.Stav Lemkin, 8.Ilai Madmun, 9.Dor Turgeman, 10.Ariel Lugassi (11.Hamza SHibili, 46), 12.Roy Revivo, 14.Roy Navi, 15.Tay Abed, 17.Omer Senior

Zaxira: 18.Ofek Melika, 21.Nitai Greis, 5.SHon Edri, 6.El Yam Kansepolski, 7.Anan Xalaili, 13.Noam Ben Harosh, 19.Hadar Fuks, 20.Ahmad Ibrohim, 16.Ran Binyamin

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi nimchorak finalda o'z ishtirokini yakunlandi.

90+7. Jarima maydonchamiz yonida xavfli standart. Afsuski, gol o'tkazib yubordik.

90+5. Futbolchilarimiz judayam toliqishgan ko'rinadi. Ularga biroz dam kerak. Raqib hujumlari esa keskinlashmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

90. Xayriyat! Raqib futbolchisi deyarli bo'sh darvozamizga to'p kirita olmadi. O'yindan keyin o'rik sharbati ichmasam bo'lmaydi. 

84. Ketma-ket ikki zarba qabul qilib oldik. Ehtiyot bo'lish kerak.

82. Xavfli vaziyat! Muzdek basseynga sakraganday bo'ldim. Raqib zarbasi noaniq ketdi.

80. Raqib jamoa tarkibida o'zgarish: Tay Abed o'rniga Ahmad Ibrohim maydonga tushirildi.

10492 nafar tomoshabin bugungi uchrashuvga tashrif buyuribdi.

74. Darvozamiz tomon xavfli jarima zarbasi belgilandi. Keling, ko'zlarimizni yumib, nima bo'lishini tomosha qilamiz.

70. Maydonda to'rt nafar futbolchi yiqilib yotibdi.

68. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish: Behruz Asqarov va Saidafzalxon Ahrorov o'rniga Nodir Abdurazzoqov va Mahmud Mahamadjonov maydonga tushirildi.

66. Abduqodir Husanov shunaqangi yugurib raqibiga etib oldiki, raqib hujumchisiniyam og'zi ochilib qoldi.

65. Hujumimizda to'p isroillik futbolchining qo'liga tegdi. Fayzullaevning qo'liga ham tegibdi.

62. Ikkala jamoa futbolchilari to'qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Isroil o'yinchisi dumalagan holda salkam yarimmaydonni aylanib chiqdi. 

61. Raqib jamoa futbolchisi xavfli zarba yo'lladi. Ammo u fizika darsida partaga boshni qo'ymasdan, yaxshi o'qishi kerak edi.

59. Terma jamoamiz tarkibida o'zgarish: SHahzod Nematjonov o'rniga Po'latxo'ja Xoldorxonov maydonga tushirildi.

58. Mehmonlar o'zaro to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, natijada burchak zarbasi ishlab oldik.

56. Isroilliklar tarkibida o'zgarishlar: Roy Navi va Omer Senior o'rniga El Yam Kansepolski va Anan Xalaili maydonga tushirildi.

54. Asqarovning jarimadan yo'llagan zarbasini raqib posboni ikkinchi urinishda egallab oldi.

53. Abdirahmatovni shunchaki to'xtatishga qurbi etmasligini sezgan raqib futbolchilari qo'pollik bilan to'xtatishdi.

51. Nematjonov to'pni to'xtishda biroz xatolikka yo'l qo'ydi va zarba yo'llashga kechikdi.

50. Fayzullaev... uning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Ustunlik bizda.

48. Nematjonovning zarbasiga aniqlik etishmadi. Qolaversa, u o'yindan tashqari holatda ekan.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Raqibda o'zgarish: Ariel Lugassi o'rniga Hamza SHibili maydonga tushirildi.

Birinchi bo'lim statistikasi

Xavfli vaziyat yaratish: 8-2

Aniq zarba: 1-0

Qoida buzish: 7-6

Burchak zarbasi: 2-1

Ofsayd: 0-3

To'p nazorati: 36%-23%-41%

Birinchi bo'lim yakunlandi. Ustunlik bizning futbolchilarda. Ikkinchi bo'limda ular o'zlarini ko'rsatishadi. Raqib bizdan cho'chishni boshladi. Siz ham qo'llab-quvvatlashda davom eting. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Raqib darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Ashurovning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

39. Raqib futbolchisi yana o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. Nima balo, bular ofsaydda tug'ilganmi deyman.

38. ZARBA! Abdirahmatovning "pushka" zarbasini raqib posboni qaytardi.

34. Isroilliklarning navbatdagi hujumi o'xshamadi. O'xshamaydiyam-da.

32. Fayzullaevning chap oyoqda yo'llagan zarbasi o'xshamadi. Biroq Abbos zarba berayotgan pallada u aldab o'tgan ikki isroillik futbolchi yarim himoyachimizni qidirish bilan band edi.

27. Ortiqboevning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

24. Xavfli vaziyat! Turgemanning bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi.

20. Fayzullaevning pasidan so'ng Esanovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

18. Biroz avval Fayzullaevni chap qanotda ko'rgandik, keyin markazda ko'rdik, hozir esa o'ng qanotda paydo bo'ldi. Maydonda 11 ta Abbos o'ynayaptimi?

16. Asrorbek Kenjaev raqib hujumlarini bartaraf etishda dadillik namoyish etmoqda.

13. O'yindan hisob ochilishiga bir bahya qoldi. Abedning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

8. Esanov raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo gol inobatga olinmadi. Nematjonov hujum chog'ida raqib posboniga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi.

5. Uchrashuvdagi dastlabki hujum vakillarimiz tomonidan sodir etilgandi, keyinchalik raqib jamoa ham darvozamiz oldida xavf yaratishga urinib ko'rishdi.

Bugun yurtdoshlarimiz oq, isroilliklar esa moviy rangli liboslarda harakat qilishadi.

1. O'yin boshlandi. Barchangiz yaxshi niyat ila duo qilib turing. Ko'pchilikning duosi ro'yobga chiqishiga ishonamiz. 


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar ijro etildi. Endi esa etiborimizni uchrashuvga qaratamiz.


Argentinada quyosh hali o'z navbatchiligini oyga topshirib ketgani yo'q. SHunga qaramasdan, uni topolmayotganimiz uchun kurtka kiyib o'tiribmiz. 


U-20 JCH. Yoshlarimizning o'yinoldi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Falkon Yael (Argentina) ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Del Esso Maksimiliano va Rodriges Fakundo yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Lopez Kastelyanosga (Gvatemala) topshirilgan.  


Raqib jamoa haqida mana bu sahifa orqali qisqa malumotga ega bo'lishingiz mumkin.


Futbolchilarimiz o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarini boshlab yuborishdi. Ular darvozaga zarbalarni aniq yo'llamoqda. Yigitlardan o'yin davomida ham xuddi shu urinishlarning copy-paste'sini kutib qolamiz. Lekin darvozabonimizdan aksini kutamiz.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun yoshlar terma jamoamiz ishtirokida yana bir tarixiy uchrashuv guvohiga aylanamiz. Garchand terma jamoamizdan olisda bo'lsangiz-da, sizlarning duolaringiz Argentinaga etib kelgan. Umid qilamizki, bugun ham barcha yurtdoshimiz istagan natijaga erishamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика