So’nggi yangiliklar

20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  16 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

U-19 Osiyo chempionati. O'zbekiston musobaqani Eronga qarshi o'yin bilan boshlaydi Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionati. O'zbekiston musobaqani Eronga qarshi o'yin bilan boshlaydi

Bugun shu yil O'zbekistonda o'tadigan U-19 Osiyo chempionati final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Quraga ko'ra Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "A" guruhida Indoneziya, Kambodja va Eron bilan kurash olib boradigan bo'ldi.

Yoshlarimiz ochilish uchrashuvini Eronga qarshi o'tkazishadi. Ikkinchi turda Kambodja bilan kuch sinashamiz va so'nggi turda Indoneziya bilan o'ynaymiz.


1-tur
O'zbekiston - Eron
Indoneziya - Kambodja

2-tur
Kambodja - O'zbekiston
Eron - Indoneziya

3-tur
O'zbekiston - Indoneziya
Kambodja - Eron


"A" guruhidan chiqqan ikki jamoa "B" kvartetidan chiqqan jamoalarga qarshi chorak finalda to'qnash kelishadi.

"B" guruhida Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq va Bahrayn jamoalari o'rin olishdi.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi U-19 Osiyo chempionati 14-31 oktyabr kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Musobaqa o'yinlari Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlaridagi jami 4ta stadionda o'tkaziladi. Qita chempionatida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa kelgusi yil Indoneziyada o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Agar Indoneziya Osiyo chempionatida yarim finalga chiqsa chorak finalda mag'lub bo'lgan 4 jamoa ishtirokida pley-off bahslari o'tkaziladi va so'nggi yo'llanma egasi aniqlanadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика