So’nggi yangiliklar

23:04"Барселона" собиқ ўйинчиси Артур Ла Лигага қайтди  12 22:41Бундеслига. "Бавария" ва "Хольштейн Киель" ўртасидаги ўйинда 7та гол урилди, "Боруссия" меҳмонда "Хайденхайм"дан устун келди  13 22:08АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Борнмут"дан устун келди, "Эвертон"дан 4:0, "Саутгемптон" ва "Фулхэм"дан меҳмондаги ғалаба  9 21:51"Атлетико" — "Мальорка". Таркиблар маълум  8 21:36Озарбайжон чемпионати. "Сумқайит" ўз уйида "Араз" билан дуранг ўйнади, Жалолиддинов 62 дақиқа ҳаракат қилди  4 21:04"Наполи" Кварацхелиянинг ўрнини Саудия Арабистонидаги ўйинчи билан тўлдиради  2 20:37Асенсио АПЛ клубига ўтиши мумкин  1 20:13"Брест" — ПСЖ. Кварацхелия, Дембеле ва Барколя асосий таркибда  1 19:57Назорат ўйини. "Нефтчи" Қозоғистон клубини таслим қилди  7 19:48Баҳодир Мирзаев: "Қуръадан кўнглимиз тўлди, буёғига амалда кўрсатиш қолди"   4 19:35АПЛ. "Ноттингем Форест" жавобсиз 7та гол урди  11 19:30Иван Бошкович: "Бизга энг қийин рақиб рўбарў келди"   10 19:25Тўртта баҳс учун таркиблар маълум бўлди  1 18:58Рэшфорднинг ижараси деярли ҳал. Маошни "Астон Вилла" тўлайди  0 18:32Суперлиганинг биринчи давра тақвими маълум бўлди  28

U-18 jamoalarida kimlar murabbiylik qilmoqda? (2-qism) Yangiliklar

U-18 jamoalarida kimlar murabbiylik qilmoqda? (2-qism)

Bu yil yangicha tizimda o'tkazib kelinayotgan U-18 birinchiligi o'yinlari qizg'in tarzda kechmoqda.

Har bir jamoa o'zini ko'rsatish maqsadida astoydil ishtirok etayotir. Ayniqsa mahalliy yosh murabbiylar o'zidan ijobiy taassurot qoldirish niyatida shogirdlarini faqat g'alaba yo'lida etaklamoqda. Quyida etiboringizga U-18 jamoalarining murabbiylari haqidagi tanishtiruv maqolamizning ikkinchi qismini havola etamiz.   

“Yangier” – Muhammadali Fayzullaev 

PRO-Ligada ishtirok etuvchi “Yangier” jamoasi o'zining U-18 jamoasini 2019 yili tashl etgan. Unga mahalliy yosh murabbiylardan biri Muhammadali Fayzullaev boshchilik qilmoqda. 28 yoshli murabbiy 2017 yili “Yangier futbol akademiyasi”da murabbiylik faoliyatini boshlagandi. U erda Fayzullaev 2004 yilda tug'ilgan futbolchilarga ustozlik qila boshladi. Vaqti kelib endilikda o'z shogirdlari bilan U-18 Birinchiligida ham ishtirok etmoqda. Muhammadali Fayzullaev bilan suhbatlashganimizda, “Yangier” rahbariyati tomonidan U-18ga bo'lgan etibor yuqori ekanligini alohida takidladi. Yoshlar jamoasi safar o'yinlariga bir kun oldin etib borayotganini, yo'l kira va ovqatlanish bo'yicha hech qanday muammoga duch kelinmayotganini mamnuniyat bilan bildirdi. Xattoki har bir g'alaba uchun moddiy tomondan rag'batlantirib kelinayotganini ham qo'shimcha qildi. O'z navbatida murabbiy va futbolchilar ham bunga javoban U-18 Birinchiligida 3-o'rin uchun kurashishni o'z oldilariga asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilab olgan. Klub rahbariyati esa kelasi yil ushbu jamoa bilan birinchi ligada ishtirok etishni rejalashtirgan. Bosh murabbiy Muhammadali Fayzullaevga sobiq futbolchi Dilmurod Karimov yordam bermoqda. Ularning qatoriga yaqinda Abbos Maxstaliev ham qo'shilishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan. 

“Olimpik” – Akmal Xolmatov

Bu yil yangi tashkil etilgan “Olimpik” jamoasi o'zbek futboli uchun katta plyus bo'ldi. PRO-Ligada ishtirok etayotgan jamoa tajribali raqiblariga yaxshigina bosh og'riq bo'la oldi. Jamoasiz qolib ketishi kutilgan ko'plab yoshlar bo'y ko'rsata boshladi. Jamoa qoshida tashkil etilgan U-18 ga ham mamlakatimizdagi eng iqtidorli yoshlar jalb etilib, asosiy jamoaga zaxira sifatida tayyorlab borilmoqda. Hozirda “Olimpik” U-18 jamoasiga yaqin o'tmishning mohir futbolchisi Akmal Xolmatov murabbiylik qilmoqda. O'z vaqtida “Neftchi”ning haqiqiy motori bo'lgan Xolmatovni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o'tishning xojati yo'q. 45 yoshli murabbiy futbolchilik davrida asosiy etiborini faqat futbol o'ynashga qaratganini va murabbiylik licenziyasini qo'lga kiritish uchun maxsus kurslarda o'qimaganini o'z intervyularida takidlab o'tgandi. SHu bois Xolmatov yangi sohada hammasini boshidan boshlamoqda. Murabbiy avvaliga “Odil-Junior” akademiyasida  bolalarga millionlar o'yinining sir-asrorlarini o'rgatib kelayotgandi.    

“Turon” – O'lmasbek Rahmonov

O'zbek futbolida xaqiqiy xususiy klub bo'lgan O'zbekiston tumanining “Turon” jamoasi har jabhada boshqalardan qolishmaslikka xarakat qilayotgani ko'rib turibmiz. Klub rahbarlari bolalar futboliga ham jiddiy etibor qaratib kelmoqda. Klub qoshida     U-18 jamoasi 2019 yili tashkil etilgan. O'tgan mavsum karantin sababli PRO-Liga jamoalarining U-18 chempionati o'tkazilmasdan qolib ketgandi. SHu sababli “Turon” U-18 murabbiylari bu yil yangitdan jamoa shakllantirib, umumlashtirilgan U-18 birinchiligida astoydil ishtirok etib kelmoqda. Klub rahbariyati U-18 jamoasiga mahalliy yosh murabbiy O'lmasbek Rahmonovni bosh murabbiy etib tayinlagan. Unga Ismoil Mamadiev yaqindan yordam bermoqda. Xali 30 yoshga to'lmagan ushbu tandem bu yil U-18 jamoasi bilan chempionatda eng kamida 5-o'rinni egallashni maqsad qilgan. O'lmasbek bilan suhbatlashar ekanmiz, murabbiy U-18 jamoasiga ham rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilganini takidladi. “Turon”ning ertangi kun umidlari bo'lgan U-18 jamoasi azolariga mavsum avvalida epikirovkalar taqdim etilib, bir xilda kiyintirganini ham qo'shimcha qildi. SHuningdek Rahmonovning takidlashicha, “Turon” U-18 jamoasi uzoq safar o'yinlariga bir kun oldin etib bormoqda. Yo'l kira, ovqatlanish xarajatlari bo'yicha hech qanday muammo yo'q.O'tgan mavsum U-18 jamoasidan asosiy jamoaga 4 (!) nafar futbolchi o'tgan bo'lsa, bu yil hozircha ikki nafar iqtidorni etkazib berishgan. U-18 jamoasi mashg'ulotlarini “Kimyogar” stadionida o'tkazadi. Uy uchrashuvlari ham shu erda tabiiy maydonda o'tkaziladi. Klub rahbarlari joriy mavsum avvalida “Kimyogar” stadionida tamirlash ishlarini olib borib, talab darajasiga keltirib bergan. Kelasi yil katta extimol bilan U-18 jamoasi azolari ham yangi qurib bitkazilayotgan qarorgohda istiqomat qiladi. O'lmasbek Rahmonov va uning yordamchisi Ibrohim Mamadievning to'liq ish joyi “Turon” klubi hisoblanadi. 

AGMK – Suyun Murtazoev

Klub tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Suyun Murtazoev hozirda AGMK U-18 jamoasiga ustozlik qilmoqda. Mahalliy iqtidorlardan kurashchan jamoa tuzib, ularni U-21 jamoasi orqali asosiy tarkibga etkazib berish yo'lida xizmat qilayotgan Murtazoevni muxlislar yaxshi biladi. Tajribali murabbiyga bugungi kunda Rafael Fabarisov ko'maklashib kelayotir.  


“Surxon” – Vazir Murtazoev

“Surxon” U-18 jamoasi tarkibini “Surxondaryo futbol maxorat maktabi” tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. Klub rahbariyati iqtidorli murabbiy Vazir Murtazoevga ishonch bildirgan. 2004 yilda tug'ilgan bolalarga ustozlik qilib kelayotgan ushbu murabbiy o'zini ko'rsatish uchun astoydil eng shimarib ishlamoqda. Murtazoevga o'tgan mavsum sobiq futbolchi Azamat Jo'ramurodov assisentlik qilgandi. Joriy mavsum esa Vazirning o'zi faoliyat yuritmoqda. Klub matbuot kotibi Elyor Uzaqovning takidlashicha, hozirda asosiy jamoa bilan shug'ullanayotgan O'rol CHoriev, Davron Merganov va Oybek Gazarov bungacha U-18 jamoasi tarkibida aynan Vazir Murtazoevning qo'li ostida o'ynagan. U-18 jamoasi murabbiyi o'z kasbiga fidoiyligi va har jabxada jonkuyarligi bilan ham boshqalarga o'rnak bo'lishini klub matbuot xizmati xodimi bildirib o'tdi. 


“Istiqlol” – Jahongir Po'latov

Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi xususiy klub sanaladi. Qurilish tashkilotini qoshida barpo etilgan “Istiqlol” futbol klubi PRO-Ligada ishtirok etib kelayotgandi. Ammo jamoa rahbariyatining kutilmaganda chiqargan qarori tufayli chempionatdagi ishtirokini barvaqt yakunlashga majbur bo'ldi. SHunga qaramay jamoa tasischilari bolalar futboliga etiborini aslo susaytirgani yo'q. Sababi U-18 Birinchiligida “Istiqlol” jamoasi yoshlari ishtirok etib kelmoqda. Unga mahalliy mutaxassis Jahongir Po'latov bosh murabbiylik qilayotir. Tanishtiruv maqolamizni yanada jonli bo'lishini o'ylab, imkon qadar murabbiylarning o'zini topib, fikrlarini bilishga urindik. “Istiqlol” murabbiyi Jahongir Po'latov bilan bog'langanimizda, quyidagilarni bildirdi: - “Istiqlol” futbol klubiga 2016 yili asos solingan. “Stroy montaj Invest” MCHJ qurilish tashkilot firmasi rahbarlarining qo'llab-quvvatlashi natijasida, futbol klubiga asos solinib, viloyatimizda bolalar futboliga bo'lgan etiborni yanada oshirish uchun ishga kirishilgan. 2019 yildan boshlab U-18 birinchiligida ishtirok eta boshladik. Debyut mavsumdayoq jamoamiz vodiy mintaqasida chempion bo'lib, Respublika yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'sha mavsumdagi 10 nafar tarbiyalanuvchilarimiz hozirda Superliga klublarining yoshlar tarkibida o'ynab kelmoqda. Bu yilgi U-18 jamoasidagi yigitlar bilan nasib qilsa kelasi yil birinchi ligada ishtirok etamiz. Bu yil U-18 birinchiligi yangicha tizimda o'tkazilmoqda. Bu juda ham to'g'ri tanlov bo'ldi deyish mumkin. CHunki jamoalarning safar o'yinlariga borib kelishi, har tomonlama foydali bo'lmoqda. Xususan turizm rivojlanmoqda. Yosh futbolchilarning madaniyati o'sib boryapti. Ertaga professional futbol klub bilan shartnoma tuzadigan yoshlar bugundan safarlarda yurish ko'nikmasiga ega bo'lmoqda. Ularning fikrlashi, dunyoqarashi o'sib borayotir. “Istiqlol” futbol klubining bolalar bilan ishlash bo'yicha Farg'ona tumanining ikkita BO'SMida filiali mavjud bo'lib, u erdagi iqtidorli yoshlar U-16 va U-18 jamoalariga jalb etiladi. Bundan tashqari murabbiylar shtabi tumanlarda ham selekciya ishlarini olib boradi. Murabbiylarning oylik ish haqqi qurilish tashkilot firmasining tasischilari tomonidan berib boriladi. SHu o'rinda jamoamizga Farg'ona olimpiya sport kolleji rahbariyati tomonidan amaliy yordam berib borilayotganini aytib o'tishim kerak. Zero, qishloqlardan etishib chiqqan iqtidorli futbolchilarimizni sport kollej rahbariyati yotoq va ovqatlanish bilan taminlab kelmoqda. Ushbu o'zaro hamkorligimiz har ikki tomon uchun ham foydalidir. Sababi jamoamizning deyarli 50 foiz tarkibi aynan “Farg'ona olimpiya sport kolleji” tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Futbol klubimizning tasischilari tomonidan hozirda Farg'ona tumanlarida mashg'ulot o'tkazish uchun qarorgoh tashkil etilmoqda. Kelasi yildan o'sha erga ko'chib o'tamiz. Hozirda esa “Istiqlol” stadionidagi suniy qoplamali zaxira maydonida shug'ullanib, raqiblarimizni ham o'sha erning o'zida qabul qilmoqdamiz. Qishloqlardan etishib chiqib, jamoamizga jalb etilgan futbolchilarimizning mashg'ulotga kelib-ketishlari uchun homiylarimiz tomonidan biriktirilgan avtobus xizmat qilmoqda. Murabbiylar shtabida Ilhom Soliev va Jasur Hamroqulov bilan yaqindan hamfikr bo'lib ishlayapmiz.  


“Lokomotiv” – Vazgen Manasyan

“Lokomotiv” rahbariyati bu yil U-18 jamoasiga bosh murabbiy etib Vazgen Manasyanni tayinladi. Klub tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ushbu mutaxassis U-21 jamoasiga iqtidorlarni etkazib berish bo'yicha astoydil ishlamoqda. Unga sobiq futbolchi Yuriy Vintovkin yaqindan yordam berayotgan bo'lsa, darvozabonlar bilan Alisher Ahmedov mashg'ulot o'tkazmoqda. “Metallurg” jamoasida uzoq yillar davomida ishlab kelgan Alisher Ahmedov yaqinda bekobodliklar bilan xayrlashgach, “Lokomotiv” jamoasidan taklif olgan. Ko'rib turganingizdek, “Lokomotiv” U-18 jamoasining murabbiylar shtabiga havas qilsa arziydi. 

“Buxoro” – Anvar Rajabov

“Buxoro” U-18 jamoasiga avvaliga Mirislom Hasanov ustozlik qilayotgandi. Ammo keyinchalik ushbu iqtidorli murabbiy asosiy jamoadagi shtabga to'liq o'tgach, yoshlar jamoasi uning yordamchisi Anvar Rajabovning o'ziga qoldi. O'z vaqtida to'purarlik mahorati bilan muxlis-u, mutaxassislarning nazariga tushgan sobiq hujumchi butsalarini mixga ilgach, murabbiylik sohasida ishlashni lozim topdi. Ishqibozlar yaxshi eslashsa kerak, Rajabov o'z vaqtida Usmon Toshevning topilmasi bo'lgandi. Endi u ustozining yonida murabbiylikdagi bilimlarini ham oshirib boradi va mahalliy iqtidorlarni kashf etishiga umid qilamiz. 

Islombek Rustambekov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика