So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  38 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  22 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

U-18 jamoalarida kimlar murabbiylik qilmoqda? Yangiliklar

U-18 jamoalarida kimlar murabbiylik qilmoqda?

Yoshlarga etibor – kelajakka etibor deb bejizga aytishmaydi.

O'zbekiston Professional Futbol Ligasi bu yil U-18 Birinchiligini har yilgidanda qiziqarli va murosasiz tarzda o'tishini taminlash maqsadida oz emas ko'p emas naqd 24ta (!) jamoadan iborat chempionatni yo'lga qo'ydi. 

Ilgari 18 yoshli futbolchilar o'rtasidagi musobaqalar mintaqalarga bo'lingan xolda o'tkazilgan. Saralash bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlagan jamoalar final qismini o'tkazish uchun poytaxtga jam bo'lgan. Joriy mavsum esa xuddi Superliga tizimi singari  U-18 jamoalari ham uy-safar tizimida chempionatda ishtirok etmoqda. To'g'ri bu qilingan yangilik klublarimiz uchun mablag' bo'yicha ortiqcha sarf-xarajat bo'lishi mumkindir. Lekin ertaga yoshlar jamoasiga tayyor mahsulot etishib chiqayotgani katta plyus ekanligini ham unutmaslik lozim. Superliga va PRO-Liga jamoalari U-18 tarkibini turlicha shakllantirmoqda. Qaysidir jamoa U-18ga huddi U-21 qaragandek sharoit yaratib bermoqda. Yana ayrimlari esa shunchaki reglamentdagi talabni bajarish uchun U-18 jamoasini safar o'yiniga yo'l kirasini qilib bermoqda xolos. Yana bir gap, U-18 jamoasini shakllantirishda qaysidir jamoalar 2003 yilda tug'ilgan yigitlarga etibor qaratgan bo'lsa, yana boshqalari xatto 2005 yildagi iqtidori yuqori yosh futbolchilarga ham imkoniyat berib, sinovdan o'tkazmoqda. Maboda ularning ichidan kelasi yil yoshlar jamoasiga yordami tegadigani ko'zga ko'rinib qolsa, tekinga kelasi yil yoshlar jamoasini shakllantirishda ortiqcha muammo yuzaga kelmaydi.  

Yuqorida U-18 Birinchiligining o'tkazilayotgani foydadan xoli emasligini takidlab o'tdik. Xo'sh, bugungi kunda U-18 jamoalarida kimlar bosh murabbiylik qilmoqda? Fursati tug'ilganida, ularni keng ommaga birma-bir tanishtirib o'tsak maqsadga muvofiq bo'ladi. O'z navbatida bu – yosh murabbiylarga ham qo'shimcha motivaciya bo'lishi turgan gap. SHunday ekan, saytimiz orqali bugundan boshlab, U-18 jamoalarining murabbiylari haqida malumot berib boramiz. 

“Paxtakor”

“Paxtakor” yoshlar jamoasi xuddi akalari singari hozircha U-18 Birinchiligida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. To'plar farqi bo'yicha “sherlar” peshqadam. Tabiiyki bunda murabbiylarning mexnati yotibdi. Klub matbuot xizmatining bergan malumotiga ko'ra, “Paxtakor” U-18 jamoasini Dmitriy An boshqarmoqda. Unga Sarvar Haydarov bilan Farhod Nishonov yaqindan yordam bermoqda. Haydarov familiyasi “Paxtakor” jamoasi bilan chambarchas bog'liq deyish mumkin. Negaki, ilgari asosiy jamoani boshqargan Ravshan Haydarovning o'g'li Sarvar hozirgi kunda yoshlar jamoasiga ustozlik qilmoqda. Kim biladi deysiz, vaqti kelib Sarvarga ham otasining yo'lini berar Yaratgan. An, Haydarov va Nishonov triosi uzoq yillardan buyon “Paxtakor” futbol maktabida faoliyat yuritib kelmoqda.  Boz ustiga 2003-2004 yillarda tavallud topgan yosh futbolchilarning imkoniyatlarini yaxshi biladi. SHuning uchun ham rahbariyat ushbu trioga jamoani ishonib topshirgan. Ko'ramiz, “Paxtakor” U-18 jamoasi mavsum so'nggiga qadar 1-o'rinni saqlab qola olarmikin. 

“Neftchi”

Farg'onada iqtidorli futbolchilar ko'p. Faqat ularni qishloqlarga borib, izlab, topish kerak xolos. Viloyatning birinchi raqamli jamoasi “Neftchi” so'nggi yillarni PRO-Ligada o'tkazishi o'sib kelayotgan yosh futbolchilarning zarariga ishlamoqda. Negaki, yoshlar jamoasiga o'tish davrida iqtidorlar qaerga borishni bilmay, jamoasiz qolib ketmoqda. Ularning hammasiga ham murabbiylar PRO-Ligada ishonch bildira olmaydi. Sababi 25ta futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga majbur. Qolaversa maqsad – Superligaga chiqish bo'lib turgan vaziyatda tavakkal qilib 18-20 yoshli futbolchini maydonga tushirishni murabbiy ko'p ham istamaydi. Xullas, “Neftchi” U-18  jamoasining bu yilgi ishtirokini ijobiy baholash mumkin. Bu jamoani muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan sobiq futbolchi Aziz Alijonov boshqarmoqda. Bundan 10 yil avval maydonda javlon urib, “Neftchi”ning asosiy figuralaridan biriga aylangan Alijonovning vaqti kelib  U-18  jamoasini boshqaradi deb kim ham o'ylabdi deysiz. Murabbiylikni bolalar futbolidan boshlashni rejalashtirgan Aziz Alijonov bosqichma-bosqich katta futbolga kirib kelmoqda. Bu ham uning uchun foydali bo'lishi aniq. CHunki hozir qo'li ostida to'p surayotgan yoshlar yaqin yillarda “Neftchi”ning asosiy jamoasiga nomzod sanaladi. Extimol shunda asosiy jamoani ham Alijonovning o'zi boshqarishiga vaziyat taqozo qilar. U-18 Birinchiligining turnir jadvaliga etibor qaratadigan bo'lsak, ikki azaliy raqiblarning yonma-yon o'rin olganini ko'rish mumkin. “Neftchi” yoshlarining muvaffaqiyatli ishtirokida tabiiyki Aziz Alijonov va uning yaqin yordamchisi Bobur Madaminovning xissasi katta. 

“Qo'qon-1912”

O'zbek futboli vatani bo'lmish Qo'qon shahridan ham azaldan milliy terma jamoasi darajasidagi ko'plab iqtidorlar etishib chiqqan. Bugungi kunda ham bu shaharda bolalar futbolining saviyasini yomon deb bo'lmaydi. Buni “Qo'qon-1912” U-18 jamoasining bu yilgi birinchilikda qayd etayotgan ijobiy natijalaridan ham bilib olish qiyin emas. Klub rahbariyati U-18 jamoasini bu yil Ernest Asanovga ishonib topshirgan. Bu murabbiyga otasi Narimon Asanov yordam berib kelmoqda. Yoshlar bilan ishlash xadisini olgan Narimon Asanov bir necha yillar oldin o'zi U-18 jamoasiga ustozlik qilgandi. Navbat yosh avlodga kelganini payqab, bosh murabbiy sifatida bugungi kunda o'g'li Ernest faoliyat yuritmoqda. Nima bo'lgan taqdirda ham ota-bolalarning faoliyatini ijobiy baholash mumkin. Ushbu jamoa tarkibini asosan BO'SM tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. U-18  yoshlari hozircha turnir jadvalida 3-o'rinda ketmoqda. Joriy mavsum kichik medallardan birini qo'lga kiritsa, kelasi yil U-21 yoshlar jamoasiga ko'plab futbolchilar o'tishini hozirdan tahmin qilish mumkin. 

“Andijon”

“Andijon”ning U-18 yoshlari bu yil kuchli ko'rinmoqda. Bunga sabab jamoa o'tgan mavsumda ham ushbu birinchilikda ishtirok etgan. U-18 Birinchiligida o'ziga yarasha tajriba va ko'nikma xosil qilib olgan yoshlar joriy mavsum endi medallar uchun davogarlik qilmoqda. Ushbu jamoani Andijon futbol akademiyasining katta murabbiyi Lutfullo Majidov boshqarmoqda. Tabiiyki jamoaning asosiy o'zagini ham akademiya bitiruvchilari tashkil etadi. Majidovga murabbiylar shtabida Farhod G'ofurov va Nodir Yadgarov yordam bermoqda. Ushbu trioning asosiy ish joyi Andijon akademiyasi hisoblanadi. Bugungi U-18 jamoasi kelasi mavsum U-21 yoshlar jamoasini tashkil etsa ajab emas. Negaki, hozirgi U-18 jamoasidagi ko'plab futbolchilar o'tgan yildan buyon U-21 yoshlar jamoasi tarkibiga tushib ulgurdi. Boz ustiga Lutfullo Majidov ham yaqindan buyon U-21 jamoasiga ham yordam bera boshlagani haqida malumotlar bor.  


“Bunyodkor”

“Qaldirg'ochlar” yoshlarga katta etibor qaratishi bilan mamlakatimizda etakchi o'rinlarda turadi. CHunki bu klub ilgari akademiyadan etishib chiqqan yoshlarning transferidan yaxshigina daromad olgan. SHuning uchun ham klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev joriy mavsum akademiyaga katta etibor qaratib, sezilarli o'zgarishlarga qo'l urmoqda. Olingan malumotlarga ko'ra, “Bunyodkor” rahbariyati jamoaning ertangi kun umidi bo'lgan U-18 bolalariga ham malum miqdorda oylik maosh joriy etgan. O'zPFL mavsum avvalida har bir jamoadan futbolchilar bilan kelishuv bitimini tuzishni talab etadi. Unda deyarli ko'plab jamoalar oylik maoshni ko'rsatmasdan, ikki tomonlamalik bo'lgan kelishuv bitimini imzolaydi. “Bunyodkor” U-18 jamoasining asosiy o'zagini tabiiyki akademiya tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. O'tgan yildan buyon “Bunyodkor” U-18 jamoasini Rinat Miftaxuddinov boshqarib kelmoqda. Ushbu murabbiyni “Bunyodkor” murabbiyi Marat Miftaxuddinovga qarindoshlik aloqasi bor deb eshitganmiz. Rinat Miftaxuddinov “Bunyodkor”ga kelishdan avval “Lokomotiv” va “CHig'atoy” futbol maktablarida ishlaganini ham aytib o'tish lozim. Unga hozirda Firdavs Kenjaev yordam bermoqda.    

“Nasaf” 

“Nasaf” U-18  jamoasi shubhasiz birinchilikning gegemonidir. Bu jamoa so'nggi uch yilda chempionlikni hech qaysi jamoaga bermasdan kelmoqda. “Nasaf” futbol maktabining eng iqtidorli o'yinchilaridan tashkil etilgan U-18  jamoasi bu yil ham mavsum so'nggiga borib, sovrindorlar qatoridan o'rin egallasa ajab emas. Har xolda yo'lga qo'yilgan to'g'ri tizim jamoaning etakchilar qatoriga kirishiga zamin yaratib kelmoqda. “Nasaf” U-18 jamoasini muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Valentin Poddubniy boshqarmoqda. Ukrainalik sobiq futbolchini yoshi ulug' muxlislar yaxshi eslashsa kerak, ilgari mamlakatimizda “Neftchi” va “Nasaf” sharafini munosib himoya qilgandi. Valentin Vasilevich 2018 yil “Nasaf” futbol maktabida direktor lavozimida ish boshlash bilan birga U-18 jamoasini ham parallel ravishda boshqarishni o'z zimmasiga olgandi. 47 yoshli mutaxassisning “Nasaf” futbol maktabiga ikkinchi bor qaytishi omadli chiqib, U-18 jamoasi shundan beri o'z chempionatida g'oliblikni hech kimga bermasdan kelmoqda. Poddubniyga hozirda darvozabonlar murabbiyi Denis Monin yaqindan yordam bermoqda. Valentin Vasilevich o'z intervyularining birida shunday degandi: - Bu yoshda eng qiyini bilasizmi nimada? Bolalar futbolidan kattalar futboliga o'tish. Bu erda ko'p iqtidorli futbolchilarni yo'qotib qo'yish mumkin. Futbolchi 18 yoshida zo'r o'yin namoyish etib hammaning etiboriga tushishi yoki aksincha bo'lishi mumkin. O'tish davrida shu iqtidorlarni yo'qotib qo'ymaslikka harakat qilamiz. Bu juda ham qiyin jarayon. SHunga qaramay biz chempionlikni qo'lga kiritdik. Bu ham yosh futbolchilarga g'oliblik ruhini singdirish uchun zarur deb bilaman. CHunki g'alabalarsiz g'oliblik ruhini singdirish juda mushkul. Bizning asosiy vazifamiz U-21 hamda bosh jamoaga yaxshi futbolchilarni etkazib berish.

“Xorazm”

Xorazm futboliga oxirgi o'n yilda etibor juda past desak mubolag'a bo'lmaydi. Viloyatda atiga bitta professional jamoa bor. U ham bo'lsa PRO-Ligada arang ishtirok etmoqda. Klubning moddiy texnik bazasiga havas qilib bo'lmaydi. Har mavsum oldidan chempionatda ishtirok etishi so'roq ostida bo'lishi, mahalliy futbolchilarning ham chuqur o'yga solib keladi. Bunday past darajadagi etibordan keyin, murabbiylar qanday qilib yoshlar jamoasini shakllantirsin? Bu yil “Xorazm” U-18 jamoasini asosiy o'zagini “Xorazm futbol mahorat maktabi”ning tarbiyalanuvchilari tashkil etmoqda. Yoshlar jamoasini mahalliy yosh murabbiy Mamur Abdullaev boshqarmoqda. Ushbu sobiq futbolchi o'z vaqtida Superliganing “Mashal” (2008-2013 yillar), “Olmaliq” (2013) va “Xorazm” (2015) singari jamoalarida o'ynagan. Bugungi kunda Abdullaev “V” murabbiylik licenziyasiga ega. Unga ustozi Vladimir Kovalenko yaqindan yordam bermoqda. Darvozabonlar bo'yicha esa Mansur Qurbonov ishlamoqda. 

“Navbahor”

Namangandan ham azaldan iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan. Klub rahbariyati so'nggi yillarda bolalar futboliga ham etibor qaratishni boshladi deyish mumkin. Mahalliy iqtidor bugungi kunga kelib “Navbahor”ning asosiy tarkibiga borib qo'shilishidan avval U-18, U-21 va farm-klublarida ham o'zini sinab ko'rish imkoniyatiga ega. “Navbahor”da U-18 jamoasi o'tgan mavsum Usmon Asqaraliev boshchiligida 2-o'rinni egallagandi. Klub rahbariyatining qaroriga binoan Usmon Ahmedovich bu yil U-21 jamoasiga o'tkazildi. U-18 jamoasini esa mahalliy murabbiy Azam Rajabboev boshqarib kelmoqda. 35 yoshli mutaxassis yaqin yillar mobaynida asosiy tarkibda jamoaning sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskisga assisentlik qilib, o'ziga yarasha malum bir miqdorda tajribasini oshirdi. Endilikda u U-18 jamoasida mahalliy yosh futbolchilar bilan ishlamoqda. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика