So’nggi yangiliklar

09:55Самвел Бабаян Суперкубокни ким олади деган саволга жавоб берди  6 09:27Гвариола Винисусни қандай тўхтатмоқчилиги ҳақидаги саволга жавоб берди  7 08:59Про лиганинг янги иштирокчиси "Ғазалкент" клуби деярли 95 фоиз футболчи билан 3 йиллик шартнома тузибди  0 08:33"Пахтакор"нинг мағлубиятидан сўнг Машарипов ижтимоий тармоқдаги саҳифаси пост жойлади  14 08:07Самвел Бабаян Остон Ўрунов ҳақидаги саволга жавоб берди  7 07:40Суперлига. Бугун яна 3 та баҳс бўлиб ўтади  4 07:15Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" 0:2  2 07:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" — "Барселона" 1:1  22 03:00ЕЧЛ. "Атлетико" "Тоттенхэм"ни, "Бавария" "Аталанта"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ҳолда кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилишди  42 02:50ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади  146 02:04Отабек Нарзуллаев: "Суперлига тезлигига тезроқ кўникишимиз керак"  0 01:32Акмал Рустамов: "Бешинчи ўриндан ҳам юқорида бўлмоқчимиз"  2 00:48БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ажман"ни мағлуб этиб, муҳим очколарни қўлга киритди  0 00:44Камолиддин Тожиев: "Йигитларни танимадим. Нима бўлганини билмайман..."  21 00:39ЕЧЛ. Дастлабки баҳсда "Галатасарой" ўз уйида "Ливерпул"ни мағлуб этди  47

U-18 chempionati. "Neftchi" jamoasi - chempion! Yangiliklar

U-18 chempionati. "Neftchi" jamoasi - chempion!

Bugun U-18 birinchiligida so'nggi tur bahslari bo'lib o'tdi.

U-18 chempionati. 23-tur

"NASAF" U-18 — "YANGIER" U-18 1:1

"BUNYODKOR" U-18 — "QIZILQUM" U-18 1:0

"ANDIJON" U-18 — "LOKOMOTIV" U-18 3:2

AGMK U-18 — "NEFTCHI" U-18 2:4 

"PAXTAKOR" U-18 — "MASH'AL" U-18 3:2 

"NAVBAHOR" U-18 — "XORAZM" U-18 3:0

"TURON" U-18 — "OLIMPIK" U-18 2:1 

"ARAL SAMALI" U-18 — "DINAMO" U-18 1:2 

"SO'G'DIYONA" U-18 — "SURXON" U-18 3:1 

"ISTIQLOL" U-18 — "METALLURG" U-18 3:1 

Joriy yilning 19 aprel kuni O'zbekiston U-18 chempionatiga qura tashlangan edi. Aprelda start olgan musobaqa noyabrga qadar davom etdi va so'nggi turga kelibgina U-18 chempionatida zafar quchgan jamoa nomi aniq bo'ldi.

16 noyabr sanasida so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. 18 noyabrga belgilangan 17-turning qoldirilgan o'yini “Qo'qon-1912" U-18 – “Xorazm" U-18 uchrashuvini inobatga olmaganda mavsumning qolgan barcha o'yinlari o'tkazib bo'lindi.

So'nggi turda AGMK U-18 mehmoni bo'lgan “Neftchi" U-18 2:4 hisobida yakunlangan o'yinda muhim g'alabani tantana qildi va bu orqali farg'onaliklar eng yaqin taqibchi “Paxtakor" U-18'dan 2 ochkoga o'zib ketgan holda 55 ochko bilan yakunda 1-o'rinni qo'lga kiritdi. “SHerlar”ga kumush medallar nasib etgan bo'lsa, 3-pog'onani 51 ochko bilan “Navbahor" U-18 band etdi.

Bu yil Superliga va Pro liga klublarining U-18 jamoalari ilk bora umumiy O'zbekiston U-18 chempionatida ishtirok etishdi. Jami 24 ta klub g'oliblik uchun kurash olib bordi. Bunda har bir klub jami 23 tadan uchrashuvda maydonga tushishi hamda har bir raqib bilan chempionat yakuniga qadar faqatgina bir martadan to'qnash kelishi ko'zda tutilgan edi.

2020 yilgi mavsumda U-18 chempionati faqatgina Superliga klublari o'rtasida tashkil etilgan bo'lib, pandemiya sabab o'yinlar soni 26 tadan 13 tagacha qisqartirilgan va markazlashgan formatda o'tkazilgandi.

Aynan 2020 yilda Superliga va Pro liga tarbiyalanuvchilari o'rtasida umumiy chempionat tashkil etish masalasi ko'tarilgan bo'lib, O'zPFL 2021 yili ushbu tashabbusni amalga tatbiq qildi. Bu jihat Superliga hamda Pro liga o'rtasidagi tafovutning yildan yilga kamayib borishi, professional klublar qoshidagi akademiya bitiruvchilari o'rtasidagi chempionat nufuzi va saviyasini yildan yilga oshirib borish maqsadida amalga oshirilmoqda. Kelasi 2022 yilda ham O'zbekiston U-18 chempionati Superliga va Pro liga jamoalari ishtirokida umumiy tarzda tashkil qilinadi.

Yakuniy turnir jadvali

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика