So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

U-17 jahon chempionati. Hindiston ertangi kun yulduzlarini chorlaydi Yangiliklar

U-17 jahon chempionati. Hindiston ertangi kun yulduzlarini chorlaydi

Ertaga Hindistonda o'smirlar o'rtasida navbatdagi U-17 jahon chempionati start oladi.

Hozirda ko'pchilikka bir savol qiziq ko'rinmoqda: "Bu musobaqadan ham keyinchalik Ronaldino, Neymar, Inesta, Buffon yoki Kroos kabi yulduzlar etishib chiqadimi?"

Musobaqa bu safar Hindistonda tashkil etiladi va o'yinlar 6 oktyabrdan 28 oktyabrgacha davom etadi. U-17 jahon chempionatida 24ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar to'rttadan olti guruhga bo'lingan. Musobaqa bu yil 17-marta o'tkaziladi. Birinchisi 1985 yil Xitoyda tashkil qilingandi, oxirgi marta esa 2015 yil CHilida o'tkazildi. 

Nimalarni bilishimiz kerak? 

- O'z vaqtida besh karra chempion bo'lgan Nigeriya bu safar mundialdan chetda qoldi. Bu jamoa o'rniga Mali ishtirok etadi. Nigeriya saralash o'yinlaridan muvaffaqiyatli o'ta olmadi. Afrikadan shuningdek Gana, Gvineya, Niger o'smirlar terma jamoalari ham qatnashadi. 

- To'rtta sobiq jahon chempionlari - Braziliya (1997, 1999, 2003), Gana (1991, 1995), Meksiko (2005, 2011) va Franciya (2001) bu safar ham g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Nigeriyadan tashqari o'z vaqtida jahon chempioni bo'lganlardan Rossiya, Saudiya Arabistoni va SHveycariya o'smirlari ham saralash bosqichidan o'ta olishmadi.

- Navbatdagi musobaqada Okeaniyadan birinchi bor ikkita jamoa ishtirok etadi. Yangi Zelandiya oldin ham qatnashgan, biroq Yangi Kaledoniya o'z tarixida birinchi bor kichik mundialda o'ynaydi. 

- Ushbu turnirda Osiyo sharafini beshta jamoa himoya qiladi. Bular - Iroq, Eron, Yaponiya, KXDR va mezbon Hindiston. 

Musobaqani kuzatishga uchta sabab

Birinchisi, bu shunday turnirki o'z vaqtida Neymar, Inesta, Ronaldino, Toni Kroos, Nvankvo Kanu, Janluiji Buffon kabi jahon yulduzlarni dunyoga tanitgan. 

Ikkinchisi, bu musobaqa orqali o'zingiz uchun Hindistonni kashf qilishingiz mumkin. O'yinlar oltita shaharda tashkil etiladi: Goa, Guvaxati, Kochi, Kalkutta, Mumbay va Dehli.

Uchinchisi, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatlari tarixida birinchi bor ayol hakamlar ishlashadi. Bunaqasi oldingi mundiallarda bo'lmagan.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика