2020 yilgi U-16 Osiyo chempionati final bosqichi Bahraynda bo'ladi
17 sen 2019 22:03
Yangiliklar


2020 yilgi U-16 Osiyo chempionati final bosqichi Bahraynda bo'ladi
Bugun Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qo'mitasining ilk yig'ilish o'tkazildi va unda U-16 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida Bahrayn nomzodi maqullandi.
SHu tariqa 2020 yilgi o'smirlar o'rtasidagi qita chempionati Bahraynda bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, bu musobaqa keyingi yil 16 sentyabr - 3 oktyabr oralig'ida o'tkaziladi.
Bahrayn o'smirlar terma jamoasi ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi. Jamoa ertaga Toshkentda boshlanadigan saralash bahslarida ishtirokini boshlaydi. Qizig'i Bahrayn saralashda qanday natija qayd etsa ham Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar