So’nggi yangiliklar

01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  28 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  1 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  3 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  8 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  8 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  6 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2 20:20Марадона мухлислари футболчининг ўлимида айбланаётган шифокорга ҳужум қилишди  3 20:05Ўзбекистон миллий терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ   5 19:45Игорь Сергеев: "Астойдил тайёрланамиз ва шунга монанд жанг қиламиз"  27 19:35Ислом Тўхтахўжаев: "БААдан байрамона кайфиятда қайтиш насиб қилсин"  12 19:25Францияга қарши ўйнайдиган Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1

TJM tashkil qilindi-yu, OAV bilan ishlash to'xtab qoldi Yangiliklar

TJM tashkil qilindi-yu, OAV bilan ishlash to'xtab qoldi

O'FF qoshida terma jamoalar Markazi tashkil qilingan dastlabki kunlari tashkilot rahbari Asqar Tolibjonov bilan matbuot anjumani o'tkazilgandi.
O'sha matbuot anjumanida Asqar Imomjonovich Markazning faoliyati haqida gapira turib, eshigimiz jurnalistlar uchun doim ochiq degan gapni aytgandi. Bundan esa biz - qalam ahli tabiiyki xursand bo'lgandik. Endi turli yoshdagi terma jamoalar haqida to'liq malumotga ega bo'lamiz, ular haqida barchasini bilib olamiz deb o'ylagandik. Ammo o'ylab qarasak, chuchvarani xom sanagan ekanmiz.

Ko'p uzoqqa bormasdan yaqinda bo'lib o'tgan voqealarni esga olsak. Gapni eng kichik yoshdagi terma jamoadan boshlaymiz. O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasida bosh murabbiy o'zgardi: Temur Olimxo'jaev o'rniga Aleksandr Mochinov tayinlandi. Ular hattoki Tailanddagi Osiyo chempionatida ishtirok etib kelishdi. Biroq na ketishdan oldin, na qaytib kelgach Mochinov bilan matbuot anjumani tashkil qilinmadi. Ungacha esa Temur Olimxo'jaevning ishdan bo'shatish sabablari ham rasman tushuntirib berilmadi.

Yoki bo'lmasa, hozir yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O'zbekiston (U-19) jamoasini olaylik. Bu jamoani avvaliga Aleksey Evstafeev boshqarayotgandi, keyin o'rnini Sergey Lushan egalladi. Lushan “Bunyodkor” bosh murabbiyi bo'lgach, yoshlarimiz malum muddat Ilhom Mo'minjonov qo'lida qolib ketdi. Keyin esa Ravshan Haydarov tayinlandi. Yoshlarimiz musobaqaga jo'nab ketishlaridan oldin Ravshan Haydarov bilan matbuot anjumani o'tkazish ko'zda tutilgandi, ammo eshitishimizcha, bunga Asqar Tolibjonov ruxsat bermapti. “Oldin natija ko'rsatsin, matbuot anjumani keyin bo'laveradi” degandek gap qilibdi emish.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov hisoblanadi. Eng qizig'i, bu kishi bilan ham hali biror marta matbuot anjumani tashkil qilingani yo'q. Vaholanki, Maqsudov boshchiligida O'zbekiston (U-22) jamoasi Ummondagi Osiyo chempionatida qatnashib keldi, natija ijobiy bo'lmagach, matbuot anjumani ham o'tkazilmadi. Dilshod Nuraliev o'smirlarimiz bilan Osiyo chempioni bo'lib kelganidan so'ng O'FFda yaxshigina anjuman bo'lib o'tgandi.

Har tugul milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan matbuot anjumanlari tashkil qilinmoqda. Endi buyam o'tkazilmasa, unda futbolda nima qilib yuribmiz? Terma jamoalar Markazining ishi faqat jamoalar uchun yig'in tashkil qilib bermasdan, OAV bilan ham munosabatlarni yo'lga qo'yishi lozim. Negaki har bir yoshdagi jamoa xalqniki hisoblanadi va Markazning murabbiy va futbolchilar OAV bilan muloqot qilmasin deb cheklov qo'yishiga haqqi yo'q.

Aytib o'tganimizdek, Mochinov bilan ham, Maqsudov bilan ham shu paytgacha umuman matbuot anjumani o'tkazilmadi. Vaholanki, bu ish Markazning zimmasidagi vazifalardan biri hisoblanadi. Xo'sh, yoshlarimiz Osiyo chempionatidan qaytib kelgach, Ravshan Haydarov bilan matbuot anjumani tashkil etiladimi? Bunisi endi NATIJAga bog'liq. Agar hammasi joyida bo'lib, jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritsak xo'p-xo'p, mabodo “o'xshamay” qolsa unda yana eski ahvol takrorlansa kerak.

Bundan tashqari, har oyda barcha terma jamoalar ustozlarining Markaz rahbari Asqar Tolibjonovga o'tgan oy bo'yicha hisobot topshirish odat tusiga kirgan. Lekin majlis qanday o'tadi, qaysi masalalar ko'tariladi, nimalar muhokama qilinadi, bundan ham deyarli xabarimiz yo'q. Natijada Markazning faoliyati OAV uchun mavhumdek ko'rinib qolmoqda. Fikrimizcha, har bir murabbiy OAV bilan tez-tez muloqot qilib turishi kerak. Har holda jahon tajribasidan shunga guvoh bo'lyapmiz. Ammo nima uchundir bizda ko'p gaplar oshkor qilinmayapti, matbuot anjumanlari o'tkazilmayapti, Markazni deb murabbiylar xalq oldida hisobot bera olishmayapti. Xo'sh, bu qachongacha davom etadi? Murabbiyning ikki og'iz gapiga ilhaq bo'lib qachon yaxshi natija bo'lar ekan deb kutib o'tiraveramizmi? Yoki qachonki natija ijobiy bo'lsa OAV bilan muloqot qilinadi-yu, boshqa mahal “sen kimsan-u, men kimman” qabilidagi qarash davom etaveradimi?

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика