Tuxel PSJning beshinchi darvozabonini sotib yuborishni istamagan
01 avg 2018 00:45
Yangiliklar
Tuxel PSJning beshinchi darvozabonini sotib yuborishni istamagan
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning beshinchi posboni Remi Dekampni sotib yuborishni istamagan.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, 22 yoshli posbon Liga 2 jamoasiga ijaraga berilishi kerak bo'lgan. Biroq mutaxassis posbonning transferini bloklab qo'ygan. Tuxel Remini asosiy tarkib futbolchilari bilan shug'ullantirmoqchi.
Ayni damda PSJ tarkibida Janluiji Buffon, Alfons Areola, Kevin Trapp kabi darvozabonlar ham bor.
Fikrlar