Tuxel Neymarning holati haqida gapirdi

Alisher
27 iyun 2020, 10:37
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel braziliyalik hujumchi Neymar haqida gapirdi.

"U mashg'ulotlarga jismoniy va ruhiy taraflama ajoyib holatda qaytdi. Hozir eng asosiysi - vaqtni birga o'tkazish va jarohat olmaslik. 

Eng yaxshi formaga kelib olish kerak. Bu to'rt oylik tanaffusdan keyin oson ish emas", - deydi Tuxel.

Neymar joriy mavsum PSJ libosida 22ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe