Tuxel Neymar va Mbappening ketishi mumkinligidan xavotirda emas
23 may 2019 23:41
Yangiliklar


Tuxel Neymar va Mbappening ketishi mumkinligidan xavotirda emas
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchilari Kilian Mbappe va Neymarning jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Mbappe har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan va shu boisdan u shunday darajalarga etib keldi. Har bir futbolchi o'z orzulariga etishishi uchun o'zi javobgar bo'lishi kerak, xalqdan buni kutish esa noo'rin. Kilian barcha turnirlarda ko'proq gollar urishni istaydi. Bizga esa aynan shunday futbolchilar kerak.
Albatta, u va Neymarning jamoada qolishini istayman. Biroq ketsa ham biz ularning o'rnini bosadigan boshqa futbolchilar topa olamiz", - dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar