Tuxel "Lester" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
19 may 2021 09:07
Yangiliklar


Tuxel "Lester" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Lester"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz yaxshi harakat qildik va g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdik. Hali bayram qilishga erta, chunki ish bajarilmadi. Oldinda ikkita o'yin turibdi.
Muxlislar ko'z o'ngida o'ynaganimizdan juda xursandman. Bu bizga jiddiy tasir qildi.
Qanday kerak bo'lsa, shunday o'ynadik: samarali, agressiv. Jamoa yaxshi harakat qildi. Biz ajoyib himoyalandik, raqibga vaziyat yaratish uchun deyarli imkon bermadik va haqli ravishda g'alabaga erishdik", - dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar