Tuxel: “Kantega murabbiylik qilish – bu omad”
06 apr 2022 09:55
Yangiliklar


Tuxel: “Kantega murabbiylik qilish – bu omad”
“CHelsi” ustozi Tomas Tuxel N'Golo Kantening “aristokratlar” safida yubiley 250-uchrashuvini o'tkazgani haqida fikr bildirdi.
“Bu uning o'yinini ko'rib, 250-marotaba rohatlanishim bo'ldi. Kantega murabbiylik qilish – bu baxt va omad, u aql bovar qilmas futbolchi. Uni yaxshi ko'rmaydigan odamni bilmayman. Do'stlar va oiladagilar, boshqa jamoalarni qo'llab-quvvatlaydiganlar, umuman barcha Kanteni yaxshi ko'radi. Buning ham o'z sabablari bor”, deydi nemis mutaxassisi.
Malumot o'rnida, 31 yoshli Kante 2016 yil “Lester”dan “CHelsi” safiga o'tgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar