Tuxel: "Gvardiola jamoalariga qarshi o'ynash oson emas"
29 may 2021 00:16
Yangiliklar
Tuxel: "Gvardiola jamoalariga qarshi o'ynash oson emas"
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.
"Men hech qachon jamoalarimni "Gvardiolaga qarshi" degan ruxda tayyorlamayman. Ertaga tennis o'yini ham bo'lmaydi. Pep o'z jamoasini, men ham o'z jamoamni o'yinga tayyorlashimiz kerak.
"Manchester Siti"ga qarshi ikki xil turnirda, ikki xil tarkib bilan o'ynadik. Ularning qanday o'ynashlarini, qaysi aspektlarda ustunlik qilishini bilib turibmiz.
Bosh murabbiyi Gvardiola bo'lgan "Barselona", "Siti" yoki "Bavariya" bo'ladimi, farqi yo'q, ularga qarshi o'ynash oson emas. Uning raqiblariga doimo yuqori ishonch, omad va g'oliblik xarakteri kerak bo'ladi", - dedi Tuxel.
Fikrlar