Tuxel "Aston Villa"ning har qanday taklifini rad etadi
22 okt 2022 10:15
Yangiliklar


Tuxel "Aston Villa"ning har qanday taklifini rad etadi
"CHelsi" sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Aston Villa"ni boshqarish niyatida emas.
Eslatib o'tamiz, Birmingem klubi kuni kecha "Fulxem"ga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygach Stiven Jerrardni ishdan bo'shatgandi.
"The Telegraph" muxbiri Mett Louning so'zlariga ko'ra, Tomas Tuxel unga Aston Villa rahbariyati tomonidan kelib tushgan har qanday taklifni rad etadi. Germaniyalikni u erda faoliyat yuritish qiziqtirmaydi. Bo'sh o'rin uchun favorit – PSJning yana bir sobiq murabbiyi Maurisio Pochettino.
Ayni damda "sherlar" Angliya chempionati musobaqa jadvalida quyi ligaga tushib ketish hududida borayotgan "Vulverxempton" bilan bir xil ochko jamg'argan holda 17-o'rinda borishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar