"Turon"ni yana bir murabbiy tark etdi
10 iyu 2021 16:41
Yangiliklar
"Turon"ni yana bir murabbiy tark etdi
Avvaliga bosh murabbiy Islombek Ismoilov o'z arizasiga binoan jamoa bilan xayrlashgandi. SHundan so'ng U-21 jamoasi murabbiyi Murod Ismoilov ham istefoga chiqishni maqul topdi.
Olingan malumotlarga ko'ra, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Ilhom Zaylobitdinov ham kuni-kecha yaypanliklar lagerini tark etishga qaror qilgan. Aytish lozimki, ushbu murabbiy o'tgan mavsum “Neftchi” jamoasida asosan yordamchi sifatida ishlab, joriy mavsum avvalida esa “Turon” jamoasi bilan kelishuvga erishgandi.
Malumot uchun hozirda “Turon”ni bo'lajak uchrashuvlarga polshalik mutaxassis Boguslav Baniak bosh murabbiy sifatida tayyorlamoqda. Unga yaqinda klubda ish boshlagan Anvar Berdiev bilan darvozabonlar bo'yicha murabbiy Bekzod Turg'unov yaqindan yordam berib kelmoqda.
Fikrlar