So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

"Turon" va "Nasaf" umuman penalti tepmagan, "Paxtakor" darvozasiga hali jarima belgilanmadi (to'liq statistika) Yangiliklar

"Turon" va "Nasaf" umuman penalti tepmagan, "Paxtakor" darvozasiga hali jarima belgilanmadi (to'liq statistika)

Teglar :  Superliga
Kecha Pro liganing ortda qolgan o'yinlarida qayd etilgan qiziqarli statistik malumotlarni taqdim qilgan edik. Bugun shu ishni Coca-Cola Superligasida takrorlab ko'ramiz.

Eng ko'p g'alaba va mag'lubiyat

Mavsumdagi g'alabalar soni bo'yicha Toshkentning "Paxtakor" klubi etakchi bo'lib turibdi — 7 ta. "Surxon", "Turon" va "Andijon" jamoalari esa mag'lubiyatlar soni bo'yicha peshqadamlik qilishmoqda — 6 tadan. 9-turdan keyin biror marta g'alaba qozonmagan yagona jamoa Yaypanning "Turon" klubi hisoblanadi. Hanuzgacha mag'lubiyatga uchramagan 2 klub bor: Piter Xyuistra  boshchiligidagi "Paxtakor" va Ulug'bek Baqoevning "So'g'diyona"si.

Eng ko'p va kam gol urgan jamoalar

Raqiblari darvozasiga to'p kiritish bo'yicha ham "Paxtakor" va "So'g'diyona" etakchi — 22 tadan. Bu boradagi eng yomon natija "Turon" hamda "Surxon" jamoalariga tegishli — 6 (Yaypan klubi hali safarda birorta gol urgani yo'q).

Penaltidan eng ko'p foyda ko'rgan jamoalar

Mavsumning ushbu qismiga qadar o'tkazilgan bahslarda hakamlar 28 bor 11 metrlik nuqtaga ishora qilishgan. Penalti tepgan jamoalar orasida "Paxtakor" va "Lokomotiv" etakchi bo'lib turibdi. To'liq statistika bilan tanishing:

klubpenalti
"Lokomotiv"4
"Paxtakor"4
"Navbahor"3
"So'g'diyona"3
"Bunyodkor"3
"Surxon"2
"Andijon"2
AGMK2
"Qizilqum"2
"Metallurg"1
"Qo'qon-1912"1
"Mashal"1

Malumot uchun, "Turon" va "Nasaf" futbolchilari hali biror marta penalti ishlab olishmagan.

Eng ko'p penalti tepilgan o'yin

Namanganning "Navbahor" klubi Superliganing ikkinchi turida "Loko" maydoniga safar qilgan. O'shanda uchrashuvni boshqargan Zokir Qodirov 3 marta 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan.

Penaltidan eng ko'p aziyat chekkan jamoalar

Bu borada Muborakning "Mashal" klubi etakchi bo'lib turibdi. To'liq statistika:

klubpenalti
"Mashal"5
"Lokomotiv"3
"So'g'diyona"3
"Navbahor"3
"Turon"3
"Qo'qon-1912"2
"Bunyodkor"2
"Andijon"2
AGMK2
"Nasaf"2
"Surxon"1

Malumot uchun, "Paxtakor", "Metallurg" va "Qizilqum" darvozasiga hali biror marta penalti belgilanmagan.

Amalga oshirilmagan penalti(lar)

Joriy mavsumda belgilangan 28 penaltidan 6 tasi golga aylanmagan. Qulay imkoniyatdan foydalanolmagan futbolchilar quyidagilar: Stanislav Andreev ("Bunyodkor" darvozasiga), Azimjon Ahmedov ("Lokomotiv" darvozasiga), Islom Toshpo'latov ("So'g'diyona" darvozasiga), Jasur Hasanov ("Mashal" darvozasiga), Javohir Sidiqov ("Mashal" darvozasiga), Jasurbek Jaloliddinov ("Qo'qon-1912" darvozasiga).

Umumiy

Mavsumning ortda qolgan qismida 59 ta o'yin o'tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda jami 140 ta gol urilgan. Bu har o'yinga o'rtacha 2,5 tadan to'g'ri keladi.

59 o'yinda jami 273 ta sariq kartochka ko'rsatilgan. Bu har o'yinga o'rtacha 4,6 tadan to'g'ri keladi. Bundan tashqari, referilar 2 bor 2-sariq kartochkadan keyin qiziliga murojaat qilishgan bo'lsa, 5 marta futbolchilar to'g'ridan to'g'ri maydondan chetlatilgan.

Ilhom Mo'minjonovning gapi to'g'rimi? (statistika)

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика