"Turon" nazorat uchrashuvida 10:2 hisobida g'olib bo'ldi
12 avg 2020 19:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/586458_original.jpg)
![](/upload/storage/586458_220.jpg)
"Turon" nazorat uchrashuvida 10:2 hisobida g'olib bo'ldi
Qiziqarli va gollarga boy o'tgan uchrashuvda asosiy tarkib azolari 10:2 hisobida g'alaba qozondilar.
Mazkur bahsda jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov aralash tarkibni maydonga tushirdi. Asosiy tarkib vakillari safida gollarni Abdulazizxon Abdurashidov (4 ta), SHoxruh Xolmatov (2 ta), Otabek Haydarov (2 ta), Bahodir Akramov (1 ta), SHukurali Po'latov (1 ta) urishdi.
Asosiy tarkib jamoasi safida birinchi bo'limda maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, SHukurali Po'latov, Akmal Xolmurodov, SHoxrux Xolmatov, G'olib Sariboev, Doston Meliqo'ziev, Javohir Sohibov, Sunnatillo Ermatov, Otabek Haydarov, Abdulazizxon Abdurashidov, Bilolxon Toshmirzaev.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Mirzohid Jalilov, Bahodir Akramov, Oybek Ahmadov, Abdujalil Manazarov, Ismoil Oxunjonov, Xurshid Asqaraliev.
"Turon" futbol klubi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar