So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

"Turon" loyihasiga oid qiziqarli faktlarni bilasizmi? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Turon" loyihasiga oid qiziqarli faktlarni bilasizmi? (Bekzod Tolibov blogi)

Teglar :  Bekzod Tolibov
Yaypanning "Turon" klubi 2017-yil 5-may sanasida tashkil topgan.

Ortda qolgan yillar davomida jamoa erishgan natijalar: "Navro'z" kubogi sohibi (2018), Farg'ona viloyati 2-ligasi chempioni (2018), "V" Pro-liga SHarq mintaqasi chempioni va o'tish o'yinlari g'olibi (2019), Pro-liga chempioni (2020), O'zbekiston Superligasi ishtirokchisi (2021), Superligaga o'tish o'yini g'olibi (2022), O'zbekiston Superligasi ishtirokchisi (2023).

O'tgan davrni tahlil qilib chiqsak, bugunga kelib "Turon" loyihasi tashkil etilganiga ham 6 yildan oshibdi. Quyida klub faoliyatiga bir nechta qiziqarli faktlarni keltirib o'tamiz.



Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohining avvalgi va hozirgi ko'rinishi. Ushbu stadionning avvalgi nomi "Konizar" edi.

  • Jamoa sardori sifatida ilk bor "Turon"ni maydonga boshlab tushgan futbolchi Mirjalol Jo'raev bo'lgan. Bugungi kunda u klubning U-19 jamoasini boshqarmoqda. Yosh mutaxassis 2023-yilgi mavsumda Superliganing 2 ta uchrashuvida ham ishladi.
"Turon"ning ilk bosh murabbiyi hozirda klub bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan Abduvahob Ahmadaliev hisoblanadi.

2019-yilgi mavsumda "Turon" murabbiylar shtabi. CHapdan birinchida turgan Sobir Hamidovni ko'plar yaxshi taniydi. Sobiq futbolchi ayni damda klub akademiyasini boshqarmoqda.


Bahrom Xakimov "Turon"da ishlagan ilk murabbiylardan hisoblanadi. Tajribali mutaxassis bugunga qadar klubda bosh murabbiy, yoshlar jamoasi bosh murabbiyi va akademiya direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.


Islombek Ismoilovni yaxshi bilasiz, "Turon"da eng ko'p sovrin yutgan murabbiy. Yosh mutaxassis hozirgi kunda O'zbekiston U-15 terma jamoasini boshqarmoqda.


Yorqin Nazarov "Turon"ning hozirgi kundagi bosh murabbiyi. Jamoa ushbu mutaxassis qo'l ostida Superligada "Buxoro", "Nasaf" va "So'g'diyona" klublarini mag'lubiyatga uchrata oldi.



Yuqoridagi suratlarda 2017 va 2023 yilgi mavsumlardagi "Turon" tarkibi aks etgan.



Yaypanning "Turon" klubi 2023-yilgi mavsum tarkibida Superligada yosh futbolchilar eng ko'p debyut qilgan jamoalardan hisoblanadi. Xususan, Asadbek Saitxonov, Farrux Qodirov, Abdulhafizxon Nosirxonov, Lazizxon Mo'ydinov, Asilbek Aysarov, Miraziz Mahammadaliev, Xumoyunshoh Sayyotov, Akbarjon Abdirasulov, Abega Engyang Ngu, Ravshanbek Xayrullaev kabi futbolchilar ortda qolgan mavsum davomida Superligadagi o'zlarining ilk o'yinlarini o'tkazishga muvaffaq bo'ldilar.


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика