So’nggi yangiliklar

01:23Начо Карвахаль ҳақида: "Замонанинг ва барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси"  1 00:35Гринвудга учта топ-клуб қизиқмоқда  2 23:55Депай "Атлетико"дан кетди  1 23:28Моуринью "Фенербахче"га икки юлдузни олиб келиши мумкин  1 23:00Рўзиқул Бердиев: "Бобир Абдихолиқов учун хурсандмиз"  11 22:52Ёрқин Назаров: "Ўзбекистондаги энг кучли жамоага қарши ўйнадик"  6 22:30БАА Про лигаси. "Шабаб Ал Аҳли" ўз майдонида рақиб дарвозасига 10та тўп киритди, Ғаниев эса...  2 22:28Александр Хомяков: "Вақт тиғизлиги туфайли U-21 жамоаси ўйинларига боролмаяпман"  20 22:25Максим Шацких: "Бутун стадион сизга қарши мухлислик қилса ҳам, профессионал сифатида ўз ўйинингизни ўйнашингиз керак"  14 22:01Флик "Барселона"га "Бавария" ўйинчисини олиб келмоқчи  6 21:30ҚПЛ. "Қайрат" ўз майдонида ғалабага эришди, Йўлдошев гол урди!  0 21:30Бобир Абдихолиқовнинг учта голи "Насаф"ни Суперлига пешқадамига айлантирди  56 21:00Ўзбекистон Суперлигаси. "Пахтакор" 4 йилдан сўнг Андижонда ғалаба қозонди  188 19:58Бобир Абдихолиқов деярли 4 йилдан сўнг Суперлигада гол урди  3 19:43Бруну Фернандеш бошқа клубга ўтиши мумкин  1

"Turon" klubining tashkil topishi, jamoa homiylari, "O'zbekiston" stadioni va klub akademiyasi. Abduvahob Ahmadaliev bilan intervyu Yangiliklar

"Turon" klubining tashkil topishi, jamoa homiylari, "O'zbekiston" stadioni va klub akademiyasi. Abduvahob Ahmadaliev bilan intervyu

Barchangizga malum, joriy mavsumdan Yaypanning "Turon" futbol klubi 8 ta kuchli jamoa ishtirok etadigan PRO-Ligada qatnashadi.

SHunga mos ravishda klubga tegishli bo'lgan "O'zbekiston" stadioni to'liq qayta tamirdan chiqarildi. Bundan tashqari "Turon" o'z akademiyasiga ega bo'lgan birinchi xususiy klub bo'lishga yaqin turibdi.

Biz klub prezidenti Abduvahob Ahmadaliev bilan yuqoridagi masalalar yuzasidan suhbat tashkil etdik.



- Abduvahob aka, "Turon" futbol klubini tashkil etilishi va kelajakdagi maqsadlari xususida aytib bersangiz...

- Bugungi kunda milliy futbolimizni yanada barqaror va jadal suratlar bilan rivojlantirish uchun yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

SHu kabi samarali ishlarning natijasi sifatida Farg'ona viloyati hokimi SHuhrat Madaminovich G'aniev tomonidan viloyatning har bir shahar va tumanlarida futbol sport turiga bo'lgan etiborni kuchaytirilishi hamda futbol jamoalarini tashkil etilishi borasida tegishli qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlar ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston tumani hokimi Qahramonjon Djo'raevning bevosita tashabbuslari bilan Yaypan shaharchasida "Turon" futbol jamoasi tashkil etildi.

Klubni tashkil etishdan maqsad tumanimizda, viloyatimizda, xususan Respublikamizda futbolning rivojiga o'z hissamizni qo'shish, chekka xududlardagi iqtidorli yoshlarni tarkibimizga jalb etish va professional futbolchi sifatida tayyorlash kabi vazifalardan iborat. Bundan tashqari kelajakda turli yoshdagi terma jamoalarimizga munosib futbolchilarni etkazib berish, xorij klublari bilan xamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek iqtidorli yoshlarni chet elga transfer qilish kabi ustuvor vazifalarni ham maqsad qilganmiz.

Klubni dastlab tashkil etganimizda o'z oldimizga bir qator vazifalarni qo'yib olganmiz. SHundan kelib chiqqan xolda klubni bosqichma-bosqich shakllantirib bormoqdamiz. Masalan 2018 yilda futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligi (Ikkinchi liga)da chempionlikni qo'lga kiritdik, shunindek "Navro'z kubogi" musobaqasida g'olib bo'ldik. Keyinchalik 2019 yilda V PRO-Liga SHarq mintaqasida birinchi o'rinni egalladik va PRO-Ligaga o'tish bahslarida g'olib chiqdik. Joriy yili xalqaro miqiyosda tashkil etilgan "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasida finalgacha etib bordik. Umuman aytganda, jamoamiz futbol tizimidagi barcha bosqichlarni sport principlariga amal qilgan xolda bosib o'tmoqda. Nasib bo'lsa ushbu mavsum yakunida jamoamizni Superligaga olib chiqmoqchimiz. Bizning rejalarimizga ko'ra, "Turon" kelajakda Superligada o'rtamiyona darajada emas, balki raqobatbardosh jamoa bo'ladi. Biz har doim chempionlik uchun kurashamiz. Nasib bo'lsa kunlar kelib jamoamiz Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishidan umidvormiz.

- "Turon" xususiy futbol klubi hisoblanadi. Aytingchi, jamoaga kim homiylik qiladi?

- Klub xomiylari "Turon EKO-CEMENT" zavodi tasischilari hisoblanadi. Xomiylarimiz Qodirxon aka Ahmedov, Olimxon aka Ahmedovlar aslida mening ustozlarim hisoblanishadi. Ularning futbolga bo'lgan qiziqishlari yuqori darajada, klubimizga barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishmoqda. Klubimizga aynan ularning xomiy bo'lishi - bu hammamizning omadimiz. Futboldan tashqarida ham bu insonlarni yaxshi bilaman, halol va adolatli insonlar, muntazam bizdan o'z maslahatlarini ayashmaydi. SHu o'rinda fursatdan foydalanib klubimiz xomiylariga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ular tomonidan bizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va sharoitlarni nasib bo'lsa o'z yutuqlarimiz bilan oqlaymiz.



- Bilishimizcha, yaqinda jamoaning uy o'yingohi qayta tamirdan chiqarildi...

- "O'zbekiston" o'yingohi ham xuddi klubimiz kabi bosqichma-bosqich zamonaviy tus olmoqda. Joriy yilda stadionimizni to'liq tamirdan chiqardik, maydon chimi Evropa standartlari asosida shakllantirildi, maysalar, drenaj tizimlari xorij modeli asosida shakllantirildi. Bundan tashqari stadionda OAV vakillari hamda martabali mehmonlar uchun alohida maxsus joylar tashkil etildi. SHuningdek, futbolchilarning kiyim almashtirish xonalari zamonaviy ko'rinishga keltirildi, muxlislar uchun bir qator qulayliklar yaratildi.


Asosiy maydon



- O'zPFL tomonidan klubga qanday amaliy yordamlar berilmoqda?
- Klubimiz tashkil etilgandan buyon O'zPFL tizimida faoliyat olib borgan barcha rahbarlar bizga o'z amaliy yordamlarini ko'rsatib kelishgan. Xabaringiz bor, yaqinda Diyor Imomxo'jaev O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Imomxo'jaevni yaqindan bilgan inson sifatida aytishim mumkinki, u juda mehnatkash inson. SHu kunga qadar klubimiz bilan bog'liq barcha masalalarda o'z yordamini ayamay kelmoqda. Diyor Imomxo'jaevning faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

- Abduvahob aka, "Turon" futbol klubiga mahalliy hokimliklar tomonidan bo'lgan etibor qanday?

- O'zbekiston tumani hokimligi va tumanimiz rahbarlari bizni muntazam qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Xususan tumanimiz hokimi Qahramonjon Djo'raev har bir o'yinimizga kelib bizga omad tilaydi, bu xolat jamoamizga qo'shimcha shijoat beradi. Yaqinda maydonimiz atrofiga shaxsan tumanimiz hokimi o'zlari tashabbus ko'rsatib, yugurish yo'lakchasi tashkil etib berishdi. Bundan tashqari klubimiz akademiyasi uchun maydonlar ajratilishida tuman hokimligi katta yordam berilmoqda.



- "Turon" futbol klubi o'z akademiyasiga ega bo'lgan bo'lgan birinchi hususiy klub bo'lishga yaqin turibdi...

- To'g'ri, "Turon" futbol klubi qoshida boshidanoq o'z akademiyamizni tashkil etishni maqsad qilgandik. Dastlab akademiya uchun barcha zarur maydonlar va infratuzilmani shakllantirdik. Nasib bo'lsa sentyabr oyidan akademiyamiz to'liq ishga tushiriladi. Akademiya tashkil etishdan maqsad chekka xududlardagi yosh iqtidorli futbolchilarni izlab topish, ulardagi qobiliyatni yanada rivojlantirib klubimizga, xususan o'zbek futboliga etkazib berish, futbol o'yinini ommaviyligini targ'ib etish kabi vazifalardan iborat. Bundan tashqari kelajakda "Turon" futbol akademiyasining butun Respublikamiz bo'ylab filiallarini tashkil etmoqchimiz, bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda klubimiz akademiyasi bilan bog'liq yaxshi yangiliklar bo'lishi kutilmoqda.

- Klub ichki tizimidagi holat qanday?
- Klubning ichki tizimida xolat alo darajada. Barcha xodimlarimiz bir yoqadan bosh chiqargan xolda astoydil mehnat qilmoqdalar. Buni jamoamizning erishayotgan yutuqlari misolida ham ko'rishingiz mumkin. Bundan tashqari hozirgi kunda O'FA ham futbol klublari tizimida ishlayotgan murabbiylarning malakasini oshirish, o'z ishini professional darajada ustasi etib shakllantirishda yordam ko'rsatmoqda. Umuman olganda klubimizda ahil jamoa shakllangan.


Zaxira maydoni



Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика