So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" - "Шўртан" 0:0 (Матнли трансляция)  1 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  2 19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  7 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  0 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  3 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  2 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  8 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  6 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  8

“Turon” jamoasi bosh murabbiyi: “Jamoamiz bu yil o'z oldiga jiddiy va yuqori maqsadlarni qo'ygan” Yangiliklar

“Turon” jamoasi bosh murabbiyi: “Jamoamiz bu yil o'z oldiga jiddiy va yuqori maqsadlarni qo'ygan”

Farg'onaning “Turon” jamoasi yig'inning ikkinchi qismini Toshkentda davom ettirmoqda.

Kecha mazkur yig'in doirasida tashkil etilgan nazorat bahsida “Neftgazmontaj” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi va 2-0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning bu yilgi maqsadlari, tayyorgarlik jarayoni va tarkibdagi o'zgarishlar haqida bosh murabbiy Islom Ismoilovni fikrlari bilan qiziqdik.

“Jamoamiz bilan 15 dekabrda o'zimizni qarorgohimizda yig'ildik. Yig'inni birinchi qismini 10 yanvargacha olib bordik. 14 yanvardan boshlab Toshkentda mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz”,- deya gap boshladi Islom Ismoilov.

- Eshitshimizga qaraganda jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'ymoqda. SHunga yarasha shart-sharoitlar yaratib berilyaptimi?
- Rahbariyat oldimizga joriy yilda kuchli uchlikka kirish vazifasini qo'ydi. Klub mutasaddilari jamoani professional darajaga ko'tarish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirishmoqda.

- Yaypandagi stadionda qurilish va tamirlash ishlari olib borilmoqda. Maydon chimi ham yangilanmoqda. Malumotlarga qaraganda infratuzilmani yaxshilash maqsadida yana o'zgarishlar bo'lishi mumkin ekan...
- Jamoamiz bir kunlik yoki vaqtinchalik klub emasligini isbotlash maqsadida keng ko'lamdagi ishlarni boshlab yuborgan. Xabaringiz bor uy stadionimizda katta rekonstrukciya ketmoqda. SHuningdek klub o'zining bazasini va futbol maktabiga ega bo'lishni rejalashtirgan. Bu ishlar jadallik bilan rivojlanayapti. Mana yaqin kunlarda o'zimizning shaxsiy avtobusimizga ega bo'lamiz. Umumiy qilib aytganda professional klub uchun nima kerak bo'lsa barchasi bosqichma boqichma-bosqich yaratib berilmoqda.



- Ko'ryapmizki tarkibni kuchaytirish ishlari boshlab yuborilgan. “Neftchi”da to'p tepgan futbolchilar, mahalliy yoshlar, legionerlar ko'rikdan o'tishmoqda. Selekciya ishlari haqida batafsil malumot bera olasizmi?
- Avvalgi yilga nisbatan 60 foizga tarkibimiz o'zgardi. Bu yil tarkibni kuchaytirish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. SHu sababdan o'z vaqtida terma jamoada munosib to'p tepgan Javohir Sohibovni taklif qildik. SHu qatori rejamizda bir qator legionerlarni sinovdan o'tkazishni maqsad qilganmiz. Hali oldinda vaqt bor, chempionat boshlanguniga qadar yana yangi futbolchilarni jalb qilamiz.

- Pro-ligada joriy yildan format o'zgarishi kutilyapti. Bunga munosabatingiz qanday?
- Mana oldingi yil ikki guruhga bo'lingan formatda o'tkazildi. Bu qaysidir manoda raqobatni oshishiga hizmat qildi. Ammo, biz bu narsaga ahamiyat bermaymiz. Qaysi format bo'lishidan qatiy nazar oldimizda turgan vazifani maksimal darajada bajarishga harakat qilamiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика