"Turon" bugun Superligada debyut qiladi. Jamoa uy uchrashuvlarini qabul qiladigan stadion derbiga tayyor
10 mar 2021 13:03
Yangiliklar


"Turon" bugun Superligada debyut qiladi. Jamoa uy uchrashuvlarini qabul qiladigan stadion derbiga tayyor
Yaypanning "Turon" jamoasi bugun Coca Cola Superliga birinchi turida o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.
Bugungi uchrashuvga mezbonlik qiladigan "O'zbekiston" stadioni shay holatda. Quyida fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
TURON – QO'QON-1912
10 mart 2021 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 16:15 (Sport tv LIVE)
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Superliga debyutanti Yaypanning "Turon" klubi elitadagi dastlabki rasmiy uchrashuvni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi. Tabiiyki bu jamoalar O'zbekiston chempionatida o'zaro o'yin o'tkazishmagan.
O’xshash yangiliklar
18:10
QPL. "Turon" mehmonda "Ulitau"ga mag'lub bo'ldi, mehmonlar safida uch o'zbekistonlik harakat qildi 0

Fikrlar