So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  2 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Turkiyadan qaytganidan so'ng karantinga olingan SHota Arveladze "Paxtakor" mashg'ulotlariga qo'shildi Yangiliklar

Turkiyadan qaytganidan so'ng karantinga olingan SHota Arveladze "Paxtakor" mashg'ulotlariga qo'shildi

13 iyun sanasida Superligaga restart berilishidan xabaringiz bor.

Ayni paytda klublar qayta tiklanajak o'yinlarga qizg'in tayyorgarlik olib borishmoqda.

Mamlakatning amaldagi chempioni "Paxtakor" ham "So'g'diyona"ga qarshi Jizzaxda kechadigan bellashuvga hozirlik ko'rmoqda. "SHerlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze bugundan jamoa mashg'ulotlariga qaytdi va jarayonni shaxsan o'zi nazorat qilmoqda. Yodingizda bo'lsa, gruziyalik mutaxassis Turkiyadan O'zbekistonga qaytib kelganidan so'ng karantinga olingandi. Endi esa amaldagi chempionlar yana bosh murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.

SHota Arveladze Toshkentga qaytgan va karantinga kirgan

SHota Arveladze va Jasur Abduraimov.



Bundan tashqari, "Paxtakor"ning darvozabonlar murabbiyi Ibrohim Yilmaz ham bugundan mashg'ulot jarayoniga qaytdi. U ham SHota singari karantinda edi. Turkiyalik mutaxassis yo'qligida darvozabonlar bilan tajribali murabbiy Denis Ivankov vaqtincha ishlab turgan edi. Bu haqda Ivankovning o'zi ham saytimizga bergan intervyusida aytib o'tgandi va "Paxtakor"dan unga aniq taklif borligini ham qo'shimcha qilib o'tgandi. Bugungi mashg'ulotlarda esa O'zbekiston terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi ko'rinish bermayapti. Balki, u hali klub tomonidan berilgan taklifni qabul qilmagandir. Hammasiga vaqt aniqlik kiritadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi “Paxtakor”da ish boshlashga yaqin turibdi

Ibrohim Yilmaz ham mashg'ulotlarga qaytdi.


SHuningdek, jamoa etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan. Yarim himoyachi jarohat sabab malum vaqt individual tarzda shug'ullandi.

Foto Masharipovning holati qanday? "Paxtakor"ning bugungi mashg'ulotidan GALEREYA

Masharipovning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani muxlislar uchun xushxabar.


Murabbiylar to'liq tarkib bo'lishganidan keyin kayfiyatlari alo.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика