Turkiya Superligasi. SHukurov gol urgan bahsda "Fatix Karagumruk" g'alaba qozondi
04 jan 2023 21:03
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. SHukurov gol urgan bahsda "Fatix Karagumruk" g'alaba qozondi
Turkiya Superligasining 17-turidan o'rin olgan "Kayserispor" - "Fatix Karagumruk" uchrashuvi yakunlandi.
Mazkur to'qnashuvda mehmonlar 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Qayd etish joiz, "Fatix Karagumruk"ning uchinchiga goliga jamoaning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Otabek SHukurov mualliflik qildi.
"Kayserispor" — "Fatix Karagumruk" 2:4
Gollar: Mensa - 24, Ilxan Parlak - 72' — Myunir-Levent Merdjan - 1', Mbaye Diane - 12', Otabek SHukurov - 47', Mbaye Diane - 63'
"Fatix Karagumruk": SHen, Biraschi, Dreshevich, Richchi, Dien, Borini, Merkan, Ozdoev, SHukurov, Kuassi, Baniya
O’xshash yangiliklar

Fikrlar