So’nggi yangiliklar

11:04«Реал Мадрид» Начонинг ўрнига кимни олиб келиши маълум  1 10:42U-23 Осиё кубоги. Қатар - Австралия учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқаради  3 10:38Ёзда «Барселона»ни тарк этадиган Хави Европанинг номдор жамоасига бош мураббий бўлиш учун асосий даъвогар  5 10:35Кувайт U-23 бош мураббийи: "Футболда барча ғалаба қозонишни хоҳлайди, лекин биз етарли тажрибага эга эмасмиз"  3 10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  1 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  8 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  1 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0

Turkiya Superligasi. Peshqadam o'zgargan turda "Beshiktosh" yana g'alaba qozondi Yangiliklar

Turkiya Superligasi. Peshqadam o'zgargan turda "Beshiktosh" yana g'alaba qozondi

Yakshanba oqshomi ko'hna va azim shahar bo'lmish Istanbulda bo'lib o'tgan o'yin bilan Turkiya mahalliy chempionati navbatdagi turi o'z yakuniga etdi.

Malumot o'rnida shuni qayd etib o'tish joizki, o'tgan turdan farqli o'laroq bu safar o'tkazilgan 10 uchrashuvda naq 20 ta gol urildi va bu degani har bir bahsda 2 tadan to'p kiritilgan.

Etakchida irodali g'alaba

Musobaqa jadvalida deyarli barcha ishtirokchilar bir-biriga juda yaqin yani zich joylashishgan. Hamisha yuqori o'rinlarni ko'zlab kelgan jamoalardan biri bo'lgan "Fenerbaxche" o'z maydonida ohirgi paytlar omadsizliklar girdobiga tushib qolgan "Qosimposho"ni kuchli iroda evaziga mahv etdi. Gollarga kelsak, oldiniga Istanbul shahri jamoasining 25 yoshli kosovolik hujumchisi Vedat Muriki yuzaga kelgan penaltidan unumli foydalandi va hisobni ochdi. 37-daqiqaga kelib esa, mehmonlarning SHveciya fuqaroligiga ega bo'lgan futbolchisi Abdul Xalili o'rtadagi muvozanatni tikladi. Oradan 7 daqiqa o'tar-o'tmas yana o'sha Muriki va qo'shimchasiga yana belgilangan 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'lim boshlariga kelib, Siam Ben-Yussef hisobni tenglashtirdi va lekin uch daqiqa o'tmasidan istanbulliklarning mahalliy doimiy qutqaruvchisi markaziy himoyachi Sardor Aziz jamoasiga muhim g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Fenerbahce

Vedat Muriqi - 6', Vedat Muriqi - 44', Serdar Aziz - 59'

Super Lig . 11-tur

08/11/2019, 21:30

2
:
3
Tugadi

Kasimpasa

Abdul Khalili - 37', Syam Ben Youssef - 56'

Stadion: Ulker Stadyumu Fenerbahce Sukru Saracoglu Spor Kompleksi

45'
90'
3'  Victor Moses
6'  Vedat Muriqi
43'  Serdar Aziz
44'  Vedat Muriqi
55'  Garry Rodrigues (Nabil Dirar)
59'  Serdar Aziz
59'  Tolga Cigerci
69'  Vedat Muriqi
72'  Tolga Cigerci (Jailson)
73'  Mauricio Isla
90'  Victor Moses (Sadik Ciftpinar)
37'  Abdul Khalili
37'  Yusuf Erdogan
44'  Loret Sadiku
45'  Karim Hafez
45'  Karim Hafez
45'  Aytac Kara
46'  Abdul Khalili (Olivier Veigneau)
56'  Syam Ben Youssef
57'  Yusuf Erdogan (Ilhan Depe)
80'  Jorge Fernandes
81'  Loret Sadiku (Mustafa Pektemek)



Autsayderlar jangida anqaraliklar g'olib


Mavsum boshidan beri musobaqaning eng qoloq ishtirokchilari bo'lib kelgan va yaqindagina dastlabki g'alabalarini rasmiylashtirgan jamoalar "Genchlerbirligi" hamda "Qaysarispor" o'zaro jang olib borishdi. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak unda raqibidan biroz ustun ko'ringan mezbon jamoa vakillari haqli ravishda ishonchli hisob bilan g'alabaga erishdi. Avvaliga Anqara shahri jamoasining ivuarlik tajribali forvardi Jovanni Sio hisobni ochdi. Biroq ikkinchi bo'lim o'rtalarida mehmonlar tarkibida zahiradan maydonga tushganiga uch daqiqa bo'lmasidan Emre Demir chiroyli zarbasi bilan muvozanatni tikladi va lekin bu hali hammasi emas edi. Oradan 10 daqiqa o'tar-o'tmas Ruminiya milliy terma jamoasi asosiy hujumchisi Bogdan Stanku g'alaba to'pini kiritib, o'yin qaxramoniga aylandi.

Genclerbirligi

Aymen Abdennour - 14', Bogdan Stancu - 81'

Super Lig . 11-tur

09/11/2019, 16:00

1
:
2
Tugadi

Kayserispor

Emre Demir - 71'

Stadion: Eryaman Stadyumu

45'
90'
14'  Aymen Abdennour
61'  Giovanni Sio
69'  Nadir Ciftci (Baiano)
80'  Berat Ozdemir (Rahmetullah Berisbek)
81'  Bogdan Stancu
81'  Giovanni Sio
84'  Daniel Candeias
89'  Halil Pehlivan (Ahmet Oguz)
67'  Umut Bulut (Nurettin Korkmaz)
68'  Bernard Mensah (Emre Demir)
71'  Emre Demir
86'  Brice Dja Djedje (Bilal Basacikoglu)



Antaliya shahri jamoasi yana mag'lub

7-tur doirasida kimsan shonli tarixga ega jamoalardan biri bo'lgan "Fenerbaxche"ni mehmonda er tishlatish ortidan yaqqol autsayderdan qaqshatqich zarbani qabul qilib olgach, hali hamon o'ziga kela olmayapti. Mana to'rt o'yindirki, jamoa faqat mag'lubiyatga uchramoqda. Bu safar ular, joriy mavsumda evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurashishni maqsad qilgan "Rizespor" mehmoni bo'lishdi va minimal hisobda imkoniyatni boy berishdi. O'yin taqdirini hal qilgan yagona gol muallifi mezbonlarning 30 yoshli marokashlik legioner azosi Moxamed Abarxun bo'ldi.

Genclerbirligi

Aymen Abdennour - 14', Bogdan Stancu - 81'

Super Lig . 11-tur

09/11/2019, 16:00

1
:
2
Tugadi

Kayserispor

Emre Demir - 71'

Stadion: Eryaman Stadyumu

45'
90'
14'  Aymen Abdennour
61'  Giovanni Sio
69'  Nadir Ciftci (Baiano)
80'  Berat Ozdemir (Rahmetullah Berisbek)
81'  Bogdan Stancu
81'  Giovanni Sio
84'  Daniel Candeias
89'  Halil Pehlivan (Ahmet Oguz)
67'  Umut Bulut (Nurettin Korkmaz)
68'  Bernard Mensah (Emre Demir)
71'  Emre Demir
86'  Brice Dja Djedje (Bilal Basacikoglu)



Yangi peshqadam sururi

Joriy mavsum boshidan beri o'zgarmay kelgan musobaqa jadvali karvonboshisi o'z o'rnini bu safargi turda kuchli klublarga etarlicha boshog'rig'i bo'la oladigan "chaqilmas yong'oq" jamoalardan biri "Konyaspor"ni taslim qilgan "Sivasspor"ga bo'shatib berdi. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, keskin va murosasiz kurashlar ostida o'tgan bahs taqdirini so'nggi 10 daqiqalikda Emre Kilinch va Xakan Arslan tomonidan urilgan gollar hal qildi. SHunday qilib, ushbu natijadan keyin Sivas shahri bosh jamoasi 21 ochko jamg'argan holda peshqadamlikni o'z qo'liga oldi.

Sivasspor

Emre Kilinc - 80', Hakan Arslan - 89'

Super Lig . 11-tur

09/11/2019, 18:30

0
:
2
Tugadi

Konyaspor

Stadion: Yeni 4 Eylul Stadi

45'
90'
52'  Fatih Aksoy
67'  Fernando Santos (Erdogan Yesilyurt)
77'  Mert Hakan Yandas (Abdou Razack Traore)
80'  Emre Kilinc
80'  Abdou Razack Traore
87'  Emre Kilinc (Arouna Kone)
89'  Hakan Arslan
63'  Jens Joensson (Deni Milosevic)
63'  Farouk Miya (Riad Bajic)
65'  Amir Hadziahmetovic
75'  Levan Shengelia
78'  Levan Shengelia
87'  Marin Anicic
87'  Ferhat Oztorun (Erdon Daci)



Raqobatchilar to'qnashuvi

Turnir jadvalida deyarli yonma-yon o'rinlarni egallab turgan jamoalar "Gaziantep" va "Galatasaroy" joriy turda o'zaro to'qnash kelishdi. Har ikkala tomonga ham uch ochko suv va havodek zarur bo'lgan muhim o'yinda istanbulliklar ishonchli hisobda g'alaba qozonishdi. Gollarga birinchi bo'limning o'zida Gollandiya milliy ligasida tajriba orttirgan mahalliy himoyachi Emer Bayram va o'z vaqtida "Valensiya" hamda Angliya Premer-ligasining doimiy ishtirokchisi "Vest Xem" kabi ko'zga ko'ringan klublarda o'ynagan Sofian Feguli mualliflik qilishdi.

Gaziantep FK

Super Lig . 11-tur

09/11/2019, 21:00

2
:
0
Tugadi

Galatasaray

Omer Bayram - 22', Sofiane Feghouli - 43'

Stadion: Gaziantep Stadyumu

45'
90'
7'  Pawel Olkowski
45'  Oguz Ceylan
46'  Pawel Olkowski (Souleymane Diarra)
68'  Patrick Twumasi (Furkan Soyalp)
80'  Papy Djilobodji
83'  Olarenwaju Kayode (Kenan Ozer)
11'  Florin Andone (Ryan Babel)
22'  Omer Bayram
43'  Sofiane Feghouli
43'  Emre Tasdemir
63'  Mario Lemina
66'  Omer Bayram (Jean Michael Seri)
87'  Adem Buyuk (Taylan Antalyali)



O'rtamiyonalar bellashuvida durang


Avvalgi tur doirasida Trabzon shahri bosh jamoasi maydoniga safar qilib, kichik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirgan "Gyoztepe" kuchli o'nlikka kirish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi va lekin jamoa o'tgan hafta qosimposholiklar bilan jangovar durangga rozi bo'lgan "Yeni Malatyaspor"ni engishni uddasidan chiqa olmadi. O'yinga kelsak mezbonlarning mahalliy iqtidorli vingeri Sardor Gyurler hisobni ochgan bo'lsa, faqat 82-daqiqaga kelibgina Evropa yashil maydonlarida tajriba to'plagan futbolchi Gekxan Tyore yuzaga kelgan penaltini golga aylantirdi va jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqardi.

Goztepe

Serdar Gurler - 9'

Super Lig . 11-tur

10/11/2019, 15:00

1
:
1
Tugadi

Yeni Malatyaspor

Gokhan Tore - 83'

Stadion: Bornova Stadium

45'
90'
9'  Serdar Gurler
9'  Soner Aydogdu
60'  Soner Aydogdu
67'  Cameron Jerome
74'  Serdar Gurler (Halil Akbunar)
80'  Soner Aydogdu (Yasin Oztekin)
82'  Berkan Emir
83'  Celso Borges
86'  Stefano Napoleoni (Deniz Kadah)
87'  Alpaslan Ozturk
90'  Alpaslan Ozturk
39'  Afriyie Acquah
59'  Murat Yildirim
66'  Mitchell Donald (Eren Tozlu)
71'  Teenage Lingani Hadebe
73'  Murat Yildirim (Ahmed Ildiz)
83'  Gokhan Tore
87'  Eren Tozlu
88'  Erkan Kas
90'  Eren Tozlu
90'  Gokhan Tore (Arturo Mina)



Peshqadamning omadsizligi

Vanihoyat, mavsum boshidan beri biron marta karvonboshilikni hech kimga bermagan "Alanyaspor" mag'lub etildi va shu asnoda 4-o'ringa tushib qoldi. Peshqadamni tiz cho'ktirgan jamoa chempionlik poygasining doimiy qatnashchilaridan biri bo'lgan "Trabzonspor" bo'ldi. Murosasiz va keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuv taqdirini hal qilib bergan golni 66-daqiqada Majid Xosseini penaltidan kiritdi. Malumot uchun, ushbu o'yinda bosh xakam mezbonlardan besh va alanyaliklardan to'rt futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. SHuningdek, har ikkala jamoadan Abdulqodir Parmak va Xunior Fernandes maydondan chetlatildi.

Trabzonspor

Majid Hosseini - 67'

Super Lig . 11-tur

10/11/2019, 17:30

0
:
1
Tugadi

Alanyaspor

Stadion: Senol Gunes Akyazi Stadyumu

45'
90'
25'  Abdulkadir Parmak
31'  Joao Pereira
67'  Majid Hosseini
78'  Yusuf Sari (Ahmet Canbaz)
82'  Ugurcan Cakir
83'  Majid Hosseini
88'  Kamil Corekci (Dogan Erdogan)
90'  Anthony Nwakaeme
90'  Alexander Soerloth (Serkan Asan)
90'  Majid Hosseini
50'  Fabrice N'Sakala
58'  Ceyhun Gulselam (Djalma)
77'  Onur Bulut (Yacine Bammou)
81'  Junior Fernandes
81'  Junior Fernandes
82'  Georgios Tzavellas
88'  Manolis Siopis (Salih Ucan)



Daxshatli istanbulliklar qaytishmoqda


Kutilmaganda joriy mavsumni juda sust boshlagan o'zining shonli tarixiga ega bo'lgan mamlakatning bayroqdor jamoasi "Beshiktosh" qatorasiga uchinchi o'yinda g'alaba nashidasini surdi. Bu safar, o'z maydonida debyutant "Denizlispor"ni qabul qildi va kichik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi. Yagona gol muallifi - franciyalik yosh umidli yarim himoyachi Jorj-Kevin Nkudu. Xa, musobqaning barcha davrlardagi gigant klublaridan biri bo'lib kelgan jamoa o'zining asl saviyasiga qaytmoqda. Hozirda, Istanbul shahri bosh jamoasini 1-pog'onadan atigi uch ochko ajratib turibdi.

Besiktas

Georges-Kevin N'Koudou - 70'

Super Lig . 11-tur

10/11/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Denizlispor

Stadion: Vodafone Park

45'
90'
18'  Caner Erkin
61'  Caner Erkin (Georges-Kevin N'Koudou)
70'  Georges-Kevin N'Koudou
70'  Adem Ljajic
76'  Adem Ljajic (Tyler Boyd)
83'  Gokhan Gonul
87'  Abdoulay Diaby (Oguzhan Ozyakup)
18'  Modou Barrow
63'  Ismael Aissati (Hadi Sacko)
66'  Isaac Sackey
71'  Modou Barrow (Recep Niyaz)
79'  Isaac Sackey (Marc Kibong Mbamba)



Istanbul Anqara bellashuvi

O'tgan turda, "Alanyaspor" bilan mehmonda nursiz durangga imzo chekkan "Istanbul Bashakshehir" jamoasi bu safar o'z maydonida avvalgi tur doirasida muxlislari qarshisida gaziliklarga yutqazib qo'ygan Anqara shahrining deyarli shu nom bilan ataluvchi klubini qabul qildi va qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi. Gollarga kelsak, yana bir franciyalik istiqbolli yoshlardan biri Enco Krivelli "dubl" qayd etdi. Bunga anqaraliklardan Aydin Karabulut chiroyli goli bilan javob qaytardi. Ushbu natijaga ko'ra, "Bashakshehir" 5-o'ringa ko'tarildi. Aykan Atik shogirdlari esa, autsayderga aylanishdi.

Istanbul Basaksehir

Enzo Crivelli - 10', Enzo Crivelli - 77'

Super Lig . 11-tur

10/11/2019, 20:00

1
:
2
Tugadi

Ankaragucu

Aydin Karabulut - 87'

Stadion: Basaksehir Fatih Terim Stadyumu

45'
90'
10'  Enzo Crivelli
10'  Junior Caicara
63'  Berkay Ozcan (Arda Turan)
73'  Fredrik Gulbrandsen (Eljero Elia)
77'  Enzo Crivelli
77'  Edin Visca
82'  Enzo Crivelli (Demba Ba)
84'  Arda Turan
39'  Stelios Kitsiou
46'  Ante Kulusic (Yalcin Ayhan)
54'  Sedat Agcay (Hector Canteros)
66'  Mehmet Sak
82'  Mehmet Sak (Cebrail Karayel)
87'  Aydin Karabulut
87'  Cebrail Karayel


MUSOBAQA JADVALI



Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика