Turkiya Superligasi. Etakchilar to'qnashuvi yoxud 4-tur prevyusi
13 sen 2019 12:52
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. Etakchilar to'qnashuvi yoxud 4-tur prevyusi
"Galatasaroy" "Qosimposho"ni sinovdan o'tkazadi
Kutilmaganda, "Galatasaroy" mavsumni sust boshladi. Jamoa uch o'yinda g'alaba qozondi, durang qayd etdi va mag'lubiyat alamini ham totib ko'rdi. Mehmonlar ikki marta yutqazib, bir marta sulhga rozi bo'lishgan.
Uchrashuvda, shonli tarixga ega bo'lgan jamoa autsayderni mag'lub etishda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmasa kerak. Sababi, tarkibning har bir chizig'ida bittadan Evropa darajasidagi fut bolchilar bor: darvozabon Fernando Muslera, himoyachi Yuto Nagatomo, vinger Sofian Feguli, "uchar gollandlar" forvardi Rayan Babel.
Galatasaray Radamel Falcao - 38' |
Super Lig . 4-tur 13/09/2019, 23:30 0
:
1
Tugadi
|
Kasimpasa |
Stadion: Ali Sami Yen Spor Kompleksi Turk Telekom Stadyumu
"Sivasspor" Istanbulda mehmon bo'ladi
O'tgan mavsumning kashfiyotiga aylanib, chempionlik uchun kurashgan biroq yakunda 2-o'rinni egallagan "Istanbul Bashakshexir" jamoasi musobaqani yirik mag'lubiyat bilan boshladi. Ular 7-pog'onada borayotgan "Sivasspor"ni engishga harakat qilib ko'rishadi.
Istanbul Basaksehir Edin Visca - 55' |
Super Lig . 4-tur 14/09/2019, 20:00 1
:
1
Tugadi
|
Sivasspor Mustapha Yatabare - 39' |
Stadion: Basaksehir Fatih Terim Stadyumu
"Antalyaspor" "Qaysarispor"ga qarshi
Ohirgi mavsumlarda saviyali o'yinchilar hisobiga shakllangan "Antalyaspor" klubi turnir jadvalining deyarli ekvatorida va jamoa joriy musobaqani ham chakki boshlamadi. Oldingi turda o'z uyida amaldagi chempionga imkoniyatni boy bergan "Qaysarispor" o'yinga faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadi.
Antalyaspor Gustavo Blanco - 2', Serdar Ozkan - 50' |
Super Lig . 4-tur 14/09/2019, 23:00 2
:
2
Tugadi
|
Kayserispor Emmanuel Adebayor - 44', Benoit Poulain - 74' |
Stadion: Antalya Stadyumu
Bir xil ochkoga ega jamoalar to'qnashuvi
Bronza medali sovrindori bo'lgan "Beshiktosh" hozirda 4 ochko jamg'argan va ular safarda aynan shuncha ochko bilan o'zlaridan ikki pog'ona pastda joylashgan "Gaziantep" bilan o'ynashadi.
Gaziantep FK Patrick Twumasi - 8', Guray Vural - 58', Raman Chibsah - 79' |
Super Lig . 4-tur 14/09/2019, 23:00 2
:
3
Tugadi
|
Besiktas Mehmet Umut Nayir - 83', Atiba Hutchinson - 84' |
Stadion: Gaziantep Stadyumu
"Rizespor" "Gyoztepe"ni qabul qiladi
Hozircha, evrokuboglarga yollanma beruvchi o'rindagi "Rizespor", quyi pog'onalarning birini band etib turgan "Gyoztepe"ni mehmon qiladi. 3-tur doirasida, ikkala jamoa ham raqiblari bilan durangga rozi bo'lishgan.
Rizespor |
Super Lig . 4-tur 15/09/2019, 20:00 0
:
0
Tugadi
|
Goztepe |
Stadion: Caykur Didi Stadyumu
Anqaraliklar va "sensaciyachi" jamoa bellashuvi
"Malatyaspor" oldingi mavsumda bir qator kutilmagan natijalarni qayd etish barobarida, yakunda 5-o'rinni band etdi. Ushbu jamoa endi Anqara shahrida "Anqaragyujyu" mehmoni bo'ladi. U erdan hali hech kim osonlikcha ochko olib qaytmagan.
Ankaragucu |
Super Lig . 4-tur 15/09/2019, 20:00 4
:
0
Tugadi
|
Yeni Malatyaspor Adis Jahovic - 26', Thievy Bifouma - 33', Guilherme - 43', Mitchell Donald - 82' |
Stadion: Eryaman Stadyumu
Yaqqol autsayder Trabzonga keladi
O'tgan turda "Fenerbaxche" bilan durangga imzo chekkan "Trabzonspor" o'tkazilgan uchchala bahsda ham mag'lubiyatga uchragan va so'nggi pog'onaga mihlangan "Genchlerbirligi"ni o'z maydonida qabul qiladi. Bu o'yinda debyutantga qiyin bo'lishi aniq. Sababi, trabzonliklar hujum chizig'i uzoq yillar davomida "Liverpul"da to'p surgan va muhlislar mehrini qozongan tajribali forvard Daniel Starrij hisobiga kuchaygan.
Trabzonspor Filip Novak - 17', Alexander Soerloth - 57' |
Super Lig . 4-tur 15/09/2019, 23:00 2
:
2
Tugadi
|
Genclerbirligi Bogdan Stancu - 44', Stephane Sessegnon - 84' |
Stadion: Senol Gunes Akyazi Stadyumu
Ajoyib qarama-qarshilik
Joriy mavsumda Super-ligaga qaytgan "Denizlispor" juda yaxshi start oldi. Klub uchta o'yinda ikki g'alaba va bitta durang qayd etgan. To'plar nisbati ham alo darajada: 4-0. Hozircha, faqatgina durangga rozi bo'layotgan yagona jamoa "Konyaspor" debyutantni engishga harakat qilib ko'radi.
Denizlispor |
Super Lig . 4-tur 15/09/2019, 23:00 1
:
0
Tugadi
|
Konyaspor Farouk Miya - 54' |
Stadion: Denizli Ataturk Stadi
Etakchilar o'rtasidagi jang
Turning markaziy o'yinida, "Alanyaspor" va "Fenerbaxche" uchrashishadi. Ushbu o'yinni Turkiya mahalliy chempionatiga befarq bo'lmagan muhlislar sabrsizlik bilan kutishmoqda. CHunki, ayni paytda turnir jadvalida yuqori ikki o'rinni egallab turgan jamoalar o'zaro murosasiz bahs olib borishadi. Erol Bulut boshqaruvidagi jamoa safida bir paytlar "Nyukasl" klubida chiroyli gollar kiritgan hujumchi Papiss Sisse bor. "Fenerbaxche" ham joriy yozda tarkibini ancha kuchaytirib olgan. "CHelsi"dan Viktor Mozes ijaraga olingan. SHuningdek, o'tgan mavsum "Verder" sardori bo'lgan va Bundesligada 11 ta gol urishga erishgan Maks Kruze sotib olindi.
Alanyaspor Papiss Demba Cisse - 45', Papiss Demba Cisse - 46', Junior Fernandes - 62' |
Super Lig . 4-tur 16/09/2019, 23:00 1
:
3
Tugadi
|
Fenerbahce Tolga Cigerci - 39' |
Stadion: Bahcesehir Okullari Stadyumu
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar